EPFLda keksa avod uchun juda aqlli ekzoskelet yaratildi
03.06.2017
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Insonlarning muvozanatini yo‘qotish va yiqilib ketish ehtimolini oldindan sezib, yordam ko‘rsata oladigan dastlabki aqlli ekzo­skelet Italiyadagi San-Anne hamda Shveytsariyadagi EPFL tadqiqot­chillari tomonidan ishlab chiqilgan va Florensiyaning «Fondazione Don Carlo Gnocchi» reabilitatsiya markazida testdan o‘tkazildi.

Harakatni va chidamlilikni yaxshilashga mo‘ljallangan, ixcham, olib yurish mumkin bo‘lgan texnologiya endi ilmiy fantastika sohasigagina taalluqli emas. Bunday texnologiyani bugungi kunda laboratoriyalarda ishlab chiqarmoqdalar hamda ulardan nazorat qilib turiladigan vaziyatlarda, odamlarga yordam berish uchun foydalanilmoqda. Buning ustiga, ular foydalanishda oson va ham­yonbop bo‘lib bormoqda. Jumladan, SuitX Phoenix shunday texnologiyalardan biridir. Italiyaning Scuola Sant’Anna va Shveytsari­yaning EPFL (Ecole polytechnique federale de Lausanne) olimlari aqlli, yengil va sozlanishi oddiy bo‘lgan ekzoskelet prototipini yaratdilar. U inson to‘satdan qoqilib ketishining va muvozanatini yo‘qotishining oldini olib, tiklanishga yordam beradi. Bu keksa­larning muntazam harakatlanishini yaxshilab, hamkorlik qilishga mo‘ljallangan birinchi ekzoskeletdir.

Statistikaga muvofiq Yevropadagi 40 foiz keksa odamlarning o‘limi aynan qoqilib, yiqilish oqibatida sodir bo‘ladi. Shu sababli mazkur texnologiyaning muhimligiga aslo shubha yo‘q. Ushbu ekzoskeletni jismonan zaif, nevrologik kasalliklarga uchragan odamlarga foydalanish uchun tavsiya qilish mumkin. Mazkur texnologiya odamlarga kundalik hayotda haqiqatdan ham yordam beradi. Ekzoskeletdan belga maxsus moslamalarga mahkamlab, foydalaniladi.

«Aqlli ekzoskeletimiz yengil va juda oson sozlanadi, — deydi EPFL Scuola Sant’Anna professori, Bertarelli neyroinjeneriya kafedrasining mudiri Silvestro Mikera. — Ekzoskeletning dastlabki prototipining foydalanuvchiga moslashishi, ya’ni ma’lum bir foydalanuvchi uchun o‘lchamini sozlashga hamda uning yurish harakatini o‘rganishga bor-yo‘g‘i bir necha daqiqaning o‘zi kifoya qiladi».

Florensiyadagi Fondazione Don Carlo Gnocchi kasalxonasida 69 yoshni qarshilagan Fulvio Bertelli o‘z belida dvigatel bilan ji­hozlangan mazkur qurilmadan foydalanadi. Olimlar bir necha mahkamlovchi moslamalardan foydalanganlar. Bertelli yangi mexa­nizmni to‘liq tekshiruvdan o‘tkazishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Bu hozircha laboratoriyadan tashqarida kiyib yurish mumkin bo‘lgan «kiyim» emas, biroq juda foydali ekanligini ko‘rsatmoqda. «Ekzoskeletdan foydalanayotganimda ishonchim ortib, o‘zimni bexavotirroq his etmoqdaman», — deydi u. Olimlar Bertellining sinovini harakat davrida muvozanatni yo‘qotib, yiqilish ehtimoli kuchli bo‘lgan maxsus yugurish yo‘lakchasida o‘tkazdilar.

Bertelli shaxsiy ekzoskelet dastlab yurishdagi vaziyatlarini, ya’ni uning qadamlari modelini aniqlay oldi. Mazkur shablon o‘rnatilishi bilanoq, tizim algoritmi me’yoriy yurish holatining buzilishini, ya’ni yiqilish xavfi yuzaga kelishini aniqlay boshlaydi. Bu holat sodir bo‘lganida esa dvigatel inson qaddini tiklashga yordam berib, bel­ning ikki tomonidan itaradi. Qurilmaning o‘ziga xos muhim xusu­siyatlaridan biri unda ortiqcha detallar mavjud emasligidir. Ekzoskelet foydalanuvchiga xalaqit qilmaydi va u bemalol harakatlana oladi. robotics.ua manbai ma’lumotlariga muvofiq, ishlab chiquvchilar foydalanuvchilar tomonidan ekzoskelet haqiqiy ha­yotda qo‘llanilganida qulay bo‘lishi uchun avtonom bo‘lishi hamda ixchamlashtirishni rejalashtirganlar.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq