ARMAT++ tizimida adabiyotlarni ARMga qaytarib topshirish va kutubxona statistikasini yuritish
03.06.2017
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Foydalanuvchilar tomonidan ARMdan olingan adabiyotlarni qaytarib olish Kutubxonachining avtomatlashtirilgan ish o‘rni (AIO‘)da bajariladi. Kutubxonachi o‘zining AIO‘da «Adabiyotlarni qaytarish» punktiga kiradi (1-rasm).
ARMdan olingan adabiyotni qaytarib olish uchun tavsifning chap tomonidagi kvadratchaga sichqoncha bilan belgi qo‘yiladi va «Qabul qilish» tugmasi chertiladi. Natijada quyidagiga ega bo‘lamiz (2-rasm). Agarda qaytarib topshirilayotgan adabiyotlar bir nechta bo‘lsa, topshirilayotgan adabiyotlar tavsifining chap tomonidagi kvadratchalarga sichqoncha bilan belgi qo‘yiladi va «Qabul qilish» tugmasi chertiladi (3-rasm). Shunday qilib, Foydalanuvchi tomonidan ARMdan olingan adabiyotlarni qaytarib topshirilish jarayoni amalga oshiriladi.
Kutubxona statistikasini yuritish
ARMAT++ dasturida kutubxona statistikasini yuritish Kataloglashtiruvchining AIO‘da bajariladi. Buning uchun Kataloglashtiruvchining AIO‘ni ishga tushiriladi вa «Hisobotlar» punktiga kiriladi (4-rasm). ARM fondi to‘g‘risidagi hisobotni olish uchun «Fond» so‘zining o‘ng tomonidagi «qo‘shuv» plyus belgisiga sichqoncha bilan chertiladi va ARM fondi to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarga ega bo‘linadi (5-rasm). ARMga yil davomida olingan adabiyotlar to‘g‘risidagi hisobotni olish uchun «Yil davomida olingan adabiyotlar» jumlasining o‘ng tomonidagi «qo‘shuv» plyus belgisiga sichqoncha bilan chertamiz va kerakli hisobotga ega bo‘lamiz (6-rasm).
Berilgan kitoblar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (7-rasm) va boshqa statistik hisobotlar yuqorida ko‘rsatilgandek tashkil etiladi. ARMAT++ dasurida ARMdan o‘qituvchilarning foydalanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham olish mumkin. Buning uchun dasturning kataloglashtiruvchining AIO‘dagi «Hisobotlar» bo‘limiga kirib, «O‘qituvchilarga berilgan kitoblar» bo‘limiga o‘tamiz (8-rasm). Natijada ARMdan foydalanayotgan o‘qituvchilarning olgan adabiyotlari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarga ega bo‘lamiz (9-rasm).
Xulosa qilib aytganda, axborot-kutubxona muassasalaridagi statistik ma’lumotlarni AAKT yordamida tuzish shu tariqa amalga oshiriladi.
1-rasm. ARMdan olingan adabiyotni qabul qilish
2-rasm. Foydalanuvchi tomonidan olingan adabiyotni qaytarib topshirish
3-rasm. Bir necha adabiyotni qabul qilish.
4-rasm. Kutubxona statistikasi bolimi
5-rasm. ARM fondi to‘g‘risidagi ma’lumotlar
6-rasm. ARMga yil davomida olingan adabiyotlar
7-rasm. Berilgan kitoblar to‘g‘risida hisobot
8-rasm. Hisobotlar bo’limi
9-rasm. 0‘qituvchilarga berilgan kitoblar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar
Mualliflar: Ulug‘bek Karimov, TATU dotsenti, t.f.n., Shaxzod Ruziyev, TATU magistranti