M2M texnologiyasini nazorat tizimida qo‘llanilishi
02.06.2017
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

M2M xizmatlari kirish tarmoqlari fiksirlashgan tarmoqlar yoki mobil tarmoq­lar orqali taqdim etilishi mumkin.

M2M xizmatlarini fiksirlashgan tarmoq, ya’ni servis provayderlar orqali taqdim etilishi hozirda odatiy hollardan biri bo‘lib, unda «oxirgi millar»dagi qurilmalarni provayder fizik aloqa liniyalari orqali bog‘la­nadi. Odatda, ular simli aloqa liniyalari vositasida M2M qurilmalarini bog‘lash hamda bazaviy ma’lumotlarni uzatishda keng polasali ma’lumotlarni uzatish tar­mog‘i yoki UFTT (Umumiy foydalanuvchi telefon tarmoqlari) orqali amalga oshi­riladi. Amalda servis provayderlar M2M xizmatlarini o‘z tarmoqlariga ulash uchun foydalanuvchiga alohida liniyalarini qu­rish yoki mahalliy umum foydalanuvchi telefon tarmoqlariga ulanishni talab etadi, bu esa o‘z nabvatida, M2M foydalanuv­chilarni bir muncha noqulayliklar yara­tadi. Bunday holat M2M xizmatlarini mobil tarmoq orqali uzatish fiksirlashgan tar­moqdan ancha ustunlikka egaligini ko‘r­satadi.

UFTT liniyalari ishonchli hamda iqtisodiy samaralilikka ega, biroq M2M qurilmalarini UFTT liniyalari orqali ula­nishida aloqa liniyalarininng soni cheklanganligi, bundan tashqari, vaqti bilan fizik aloqa li­niyalarining uzilishi bu bilan xizmatlar­ning uzviyligining uzilishiga olib keladi. Simsiz tarmoqni UFTT tarmoqlari liniyalari orqali ishlatish imkoniyati ham majud bo‘lib, bunda turar-joy obyektlarida hamda tijorat ko‘chmas mulk turar-joy hududlarida qo‘llanilishi mumkin. M2M qurilmalarini IP tarmoq orqali bog‘lanishi metodi ham ishonchli hamda iqtisodiy samarali ko‘rinishga ega.

Ushbu servis provayderlar uchun M2M xizmatlarini taqdim etishda o‘zida katta miqyosdagi foydalanuvchilarni arzon narx­lardagi bog‘lanishlar imkoniyatini yarata­di. Mobil tarmoq orqali M2M qurilmalarni bog‘lanishi amalda mobil operatorning baza stansiyasi orqali amalga oshiriladi. Bunday bog‘lanish esa o‘z navbatida, quyidagi qu­layliklarga ega:

  • yuqori ishonchlilik,
  • geografik muhitga moslashuvchanlik,
  • xavfsizlik va boshqalar.

M2M ning mobil ko‘rinishdagi turidan foydalaniganda, foydalanuvchiga maxsus modulli SIM-karta beriladi. Bu turdagi SIM-karta baza stansiyasiga o‘z geografik joylashuviga mos holda mobil tarmoqning 2G yoki 3G tizimiga ulanish bilan amalga oshiriladi. Yuqoridagi ko‘rsatib o‘tilgan mobil tarmoq orqali M2M xizmatlarini taqdim etish xizmatni iqtisodiy tarafdan qimmat emasligi hamda yangi M2M qurilmalarning tar­moqqa qo‘shilish imkoni qulayligi ham bu turning ommabopligini ta’minlaydi.

Hozirgi kunda mobil aloqa kompaniya­lari hamda servis provayderlari M2M yo‘na­lishini moslashuvchan va texnika, texno­logiyalar yordamida maksimal darajada turli ko‘rinishda qo‘llash imkoniyatini yaratmoqda. Shu maqsadda ular tomonidan foydalanuvchilar uchun maxsus tariflar, adaptatsiyali terminallar hamda ma’lumot­ni qayta ishlovchi turli xil texnologiyalar bilan ishlovchi maxsus modullar ishlab chiqilmoqda.

M2M texnologiyasi bugungi kunda — ta’bir joiz bo‘lsa, trend, ya’ni axborot-kommunikatsiya bozori holatining o‘zgarishiga olib keldi, bu bilan infokommunikatsion kompaniyalarning biznes jarayonlarning yangi yo‘nalishini ochib berdi. Misol uchun, hozirgi kunda sug‘urta kompaniyalari tomonidan o‘zlarining «Aqlli sug‘urta» («Smart insurance») nomli sug‘urta polisi taqdim etilmoqda. Bu xizmat: avtomobil egasi roziligi bilan avtomobilga datchik o‘rnatilishiga asoslangan. Mazkur datchik to‘g‘ridan-to‘g‘ri Internet tarmog‘iga ulangan holatda av­tomobil haydovchisining harakatlanishi mobaynida uning avtomibilni boshqarish uslubi, haydovchining yo‘l harakati qoidalariga qanchalik rioya qilishi, ruxsat etilgan tezlikdan yuqori darajada boshqarishi, yo‘nalish paytida haydovchining to‘xtash jarayonlari va shunga o‘xshash umumiy jarayonlarni monitoring qilish kabilar ki­radi.

Hozirgi kunda «Toshshaharyo‘lovchi­trans» aksiyadorlik jamiyati tomonidan avtobuslarning qatnovini onlayn shaklda ko‘rish texnologiyasi, ya’ni, «TashBus» nomli ilovali dastur yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bunda mazkur dasturni ishga tushirish orqali avtobuslar ketma-ketligi oralig‘i vaqtini bilish mumkin. Bundan tashqari, hozirda sug‘urta kompaniyalari taqdim etayotgan xizmatlari­dan katta yuk tashuvchi avtomobillar uchun «aqlli sug‘urta» xizmati yo‘lga quyilgan. Bu xizmat tarkibiga yuk tashuvchi mashinaning vaqt davomidagi o‘zining holati, ya’ni ha­rakatlanish davridagi qonunda ko‘rsatilgan tezlikni qanchilik buzilishi yoki undan tez­ligi oshmasligi, avtomashinaing texnik holati kabi ma’lumotlar kiradi. Shuningdek, hozirgi kunda ommalashib borayotgan avtomillarga GPS qurilmalari bilan ta’minlash va bu bilan avtomillarining real holatini bilish kabilardan foydalanilmoqda.

Hozirda O‘zbekistonda M2M xizmatidan foydalanish borgan sari ommalashmoqda, bular sog‘liqni saqlash sohasi, bank va moliya, avtransport sohasi hamda xavfsizlik xizmatlarida keng qo‘lla­nilmoqda. 2020-yilga kelib, M2M foydalanuvchilar soni global tarmoqdagi trafigi 160 ekzabaytni tashkil qilishi taxmin qilinmoqda. Umuman olganda:

  • M2M texnologiyasi arxetekturasi hamda uning tarkibiy qismi keltirilgan bo‘lib, bu texnologiyani xizmatlarini foydalanuv­chilarga taqdim etishda mobil aloqa operator tarmog‘i ishonchliligi hamda keng imkoniyatligi bilan M2M xizmatlarini taqdim etishda keng foydalaniladi.
  • Hozirgi kunda M2M xizmatidan foyda­lanishda sug‘urta kompaniyalari uchun «Aqlli sug‘urta», sog‘liqni saqlash tizi­mida «elektron sog‘liq» (yoki eHealth), bank tizimida avtomatlashtirilgan ti­zimlarini boshqarishda keng qo‘lla­nilmoqda.

Xulosa qilib aytganda, mazkur xizmatni joriy etayotgan kompaniyalar o‘z foydalanuvchilariga yangi turdagi xizmatlarni taqdim etishlari natijasida ular sonining oshishi hamda iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkich­lariga erishadilar.

Mualliflar: H.Abasxanova, TATU o‘qituvchisi, E. Azizov, TATU magistranti

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq