Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Talaba-yoshlar hayotida she’riyatning o‘rni” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi
01.06.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Yoshlarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, ma’naviyatini boyitish, ularning dunyoqarashini kengaytirish hamda she’riyatga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida joriy yilning 24 may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Talaba-yoshlar hayotida she’riyatning o‘rni” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.

Universitetning iqtidorli va ijodkor yoshlari tomonidan yozilgan she’rlar to‘plamidan iborat “SHE’RIYAT SHAYDOLARI” nomli kitob chop etilganligi munosabati bilan, universitet xotin qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti hamda “Kamolot” YIH boshlang‘ich tashkiloti tomonida tashkil etilgan ushbu tadbirda kitobdagi she’rlar mualliflari bo‘lgan bir qator universitet yoshlari taqdirlandilar. Tadbir kitob taqdimoti, O‘zbekiston san’at va madaniyat instituti hamda universitet iqtidorli yoshlarining she’riy va musiqali chiqishlari bilan davom etdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq