«Aqlli» shahar va Internet vositalari: Samarqand shahrida ITU seminarining faoliyati boshlandi
01.06.2017
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

Ayni paytda ITU(Elektr aloqa Xalqaro ittifoqi) ning hududiy seminarining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tashkil qilindi.

Seminar jarayonida Koreya, Ukraina, Rossiya, Qirg‘iziston va O‘zbekiston davlatlaridan mutaxassislar ishtirok etishib, «aqlli» shaharni barpo etishning samarasi, imkoniyatlari hamda yo‘nalishlari borasida tajriba hamda mulohaza almashishadi, amaliy tavsiya va takliflar ishlab chiqishadi, xavfsizlik masalalarini muhokama etishadi, ushbu yo‘nalishdagi Internet vositalari, trendi masalalarini ko‘rib chiqishadi. Seminarni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Ibrohim Jo‘rayev ochib berdi.

Seminarda «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazidan mutaxassislarning ham ishtiroki seminar kun tartibiga qo’yilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq