Aloqachilarga mo‘ljallangan «Aloqachi» tarif rejasi joriy qilindi
30.05.2017
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar.
Muallif: .

«O‘zbektelekom» AKning UZMOBILE Milliy aloqa operatori Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tarkibiga kiruvchi korxona-muassasalarning xodimlari uchun «Aloqachi» deb nomlangan maxsus tarif rejasini joriy qildi.

Zamonaviy ilg‘or texnologiyalar bilan qulaylashib borayotgan turmush tarzimiz bugun har daqiqa, har joyda aloqada bo‘lishni taqozo qilmoqda. Bu esa aloqaning mavjudligi va sifati uchun javobgar bo‘lgan aloqachilar, soha xodimlari zimmasiga yuklanadigan vazifa. O‘z navbatida, ularning o‘zlari uchun ham sifatli va ishonchli aloqa xizmatlari — ahamiyatli masala. Shu munosabat bilan, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasi tizimida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar nisbatan qulay va imtiyozlarga ega maxsus aloqa tarifiga ulanish imkoniga ega bo‘ldilar.

UZMOBILE GSM tarmog‘idagi yangi maxsus tarif rejasiga Vazirlik tizimiga kiruvchi 41 ta muassasa xodimlari ulanishlari mumkin. «Aloqachi» tarif rejasining o‘ziga xosligi — sohaning biror bir xodimi yagona shartnoma bilan 5 tagacha raqamni o‘z nomiga rasmiylashtirishi va bu raqamlardan foydalanuvchi guruh abonentlari o‘zaro bepul muloqot qilishlari mumkin.

Yangi tarif rejasi aloqa sohasi xodimlariga qo‘shimcha qulayliklar yaratib, muhim masalalar yuzasidan o‘zaro aloqada bo‘lish va hamkorlik qilish orqali ish samaradorligini oshishiga xizmat qiladi. Shu bilan birga, soha xodimlarining ijtimoiy ta’minotini oshirib, malakali kadrlarni sohaga jalb qilinishiga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ayni kunda AKT sohasi uchun rahbar kadrlar va mutaxassislarning ma’lumotlar bazasini shakllantirmoqda. Mazkur bazaga kirish barchaning xohishiga ko‘ra amalga oshiriladi va ularning nomzodlari keyinchalik vazirlik hamda uning tizimidagi muassasalardagi rahbar lavozimlarda ishlash uchun ilgari suriladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq