Vazirlik saytining yangi talqinini sinab ko‘rishga taklif qilamiz
25.05.2017
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar, Internet.
Muallif: .

25 may kuni Internet tarmog‘ining new.mitc.uz manzilida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining veb-sayti yangi talqinda sinov tariqasida ishga tushirildi. Sayt dizaynini tayyorlashda uning axborotni uzatishda zamonaviy tarzda ixcham va aniq interfeysga ega bo‘lishi, foydalanuvchiga ma’lumotni oson va tez topishga xizmat qilishi – ishlab chiqaruvchilar uchun bosh maqsad qilib olingan.

Xo‘sh, bu maqsad qanchalar o‘zini oqlaydi? Bunga javobni foydalanuvchi sifatida sizdan kutib qolamiz. Mutaxassis va foydalanuvchilarni vazirlikning yangi talqindagi saytiga taklif qilamiz. Tanqidiy fikrlar va takliflarni qadrlaymiz va sayt faoliyatini yaxshilashda inobatga olamiz!

Barcha jo‘yali takliflar saytda tatbiq qilinib, mazkur resursni fuqarolar bilan aloqa qilish hamda ularning xabardorligini oshirishda qulay vositaga aylantiradi.

Barcha fikr-mulohazalar va takliflarni e.dalimov@mitc.uz hamda sh.sattorov@mitc.uz elektron pochta manzillariga yuborishingizni so‘raymiz.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq