“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK vakillari “Elektron hukumat” markazida seminarda ishtirok etishdi
24.05.2017
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

Jamiyatni shiddat bilan raqamlashtirish kundan kunga davr talabi bo‘lib qolmoqda. Shu sabab ham, o‘zgarishlar maromida bo‘lishi va innovatsiyani rivojlantirish va samarali joriy etish muhim hisoblanadi. Mazkur jarayonlar 2017 yil 23 may kuni “Elektron hukumat” markazida bo‘lib o‘tgan Haftalik kollegial seminarda muhokama etildi.

Tadbirda xo‘jalik boshqaruvi organlari ixtisoslashtirilgan bo‘linmalar vakillari ishtirok etishdi.

Mazkur seminarda xo‘jalik boshqaruv organlari AKT bo‘yicha mas’ul bo‘limlarining vakillari ishtirok etdilar. Seminarda «O‘zbeskton havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi Axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Baxtiyor Xudayberdiyevning «Kompaniyada AKTni joriy etish va rivojlantirish» mavzusida ma’ruzasi tinglandi.

O‘z navbatida, Operatsion va funksional jarayonlarni optimallashtirish departamenti bo‘lim boshlig‘i Jasur Umarovning «YaIDXP 2.0 versiyasining tahlili» hamda O‘zbeskton havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasida «Elektron hukumat» tizimi mexanizmlarini joriy etish va rivojlantirish holati yuzasidan Markaz mutaxassisi Mirzaolim Aliyevlar tomonidan taqdimotlar namoyish etildi. mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi.

Shuningdek, tadbirda markaz mutaxassislari tomonidan «O‘zbeskton havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasida «Elektron hukumat» tizimi mexanizmlarini joriy etish va rivojlantirish holati yuzasidan Markaz mutaxassisi Mirzaolim Aliyev tomonidan batafsil ma’lumot berildi.

Haftalik kollegial seminar kun tartibidagi masalalar yuzasidan qizg‘in muzokaralar o‘tkazilib, muzokaralarda seminar ishtirokchilari qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq