Iste`molchi, «ASLNUSXA» senga yordamchi!
24.05.2017
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Tabiiyki, iste’molchi sifatida har bir inson xarid qilayotgan mahsuloti sifatli, hamyonbop, eng muhimi, asl bo‘lishini istaydi. Lekin hozirgi paytda sotib olayotganimiz asl muhsulotmi yoki kontrafakt ekanini bir ko‘rishdayoq payqab olish oson emas.

Yaqinda yaratilgan yangi dastur iste’molchilarga asl mahsulotni tanlashda juda qo‘l keladi. Dastur mobil telefon vositasida mahsulotning QR-kod-ini «ASLNUSXA» (ichki va tashqi bozorlarda mahsulotlarning aslligini boshqarish uchun qalbakilashtirilgan tovarlar haqida axborotlarni to‘plab, iste’molchilar, ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilarga axborot-servis xizmati ko‘rsatuvchi) veb-portali ma’lumotlari bilan solishtirib, mahsulotning asl nusxa ekanligini aniqlashga yordam beradi. Shuningdek, dasturda so‘rovni qayta yuborish imkoni ham mavjud, so‘rov natijasi iste’molchining mobil telefoniga ovozli xabar yoki SMS-xabar ko‘rinishida jo‘natiladi. Iste’molchi uchun foydali ma’lumotlar: masalan, aynan qaerda kontrafakt mahsulotlar sotilishi, mavzuga oid muhokamalar va tahlillar, shuningdek, ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchilar uchun «ASLNUSXA» portalida forumlar tashkil etish kabi xizmatlar ham dasturdan o‘rin olgan. Dastur axborot texnologiyalari sohasida keng qo‘llanilishi mumkin.

Dastur yaratuvchisi Xo‘jaev Turg‘un Kazakovichga ushbu dastur uchun DGU 04287 raqamli guvohnoma topshirildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq