“Elektron hukumat” markazida Bolgariyalik mutaxassislar bilan uchrashuv
24.05.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
23 may kuni “Elektron hukumat” markazida Bolgariy-O’zbekiston do’stlik jamiyati boshqaruvi raisi professor Toshko Krastev hamda Bolgariyaning BATS kompaniyasi rahbariyati N.Batsanovalar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv chog’ida O‘zbekiston hamda Bolgariyaning sohaga doir hamkorligini yanada rivojlantirish borasida, xususan, telekommunikatsiya sohasida manfaatli hamkorlikni yo’lga qo’yish va elektron hukumat va telekommunikatsiya sohalarida kadrlar malakasini oshirish kabi takliflar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar axborot texnologiyalari va «Elektron hukumat» tizimini qurish borasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yana faollashtirishga qaratilgan muayyan choralarni ko‘rishga tayyorligini tasdiqladi.
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Facebookda bo`lishmoq
Twitterga qo`shmoq
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq