Toshkent shahridagi Inha universitetida an’anaviy “Google I/O 2017 Extended” konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
22.05.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2017 yilning 20 may kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida an’anaviy “Google I/O 2017 Extended” konferensiyasi o‘tkazildi. Mazkur konferensiyada 300 nafardan ortiq ishlab chiqaruvchilar, dasturchilar va O‘zbekistondagi ko‘pgina universitetlardan talabalar ishtirok etishdi.

2017-yil 20-may kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida an’anaviy “Google I/O 2017 Extended” konferensiyasi o‘tkazildi. Mazkur konferensiyada 300 nafardan ortiq ishlab chiqaruvchilar, dasturchilar va O‘zbekistondagi ko‘pgina universitetlardan talabalar ishtirok etdilar.

“Google I/O” – ishlab chiqaruvchilarga mo‘ljallangan an’anaviy konferensiya “Google” kompaniyasi tomonidan San-Fransisko (Kaliforniya shtati, AQSH) shahrida o‘tkazilib, unda “Google” kompaniyasining so‘nggi dastur ishlanmalari hamda innovatsion yechimlari muhokama qilinadi.

Konferensiya davomida “Google” kompaniyasi Android (Android 8.0 yoki «O») operatsion tizimining yangi talqinini, “Android Go” tizimining yengillashtirilgan talqinini, “Google Assistant” va “Google Photos” servislarining yangi imkoniyatlarini taqdim etib, AQSHdan tashqarida bo‘lgan “Google Home” “aqlli” uy tizimining ishga tushirilganligini ma’lum qildi. Shuningdek, Kompaniya virtual reallik sohasidagi o‘z yechimlari va takliflarini ham taqdim etdi.

Kengaytirilgan tartibda o‘tkazilgan konferensiyaning birinchi qismida ishtirokchilar “Google I/O 2017” asosiy tadbirida namoyish etilgan “Google” kompaniyasining yangi yechimlari va mahsulotlari bilan tanishdilar.

IUTda o‘tgan tadbir davomida mahalliy IT kompaniyalari vakillari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Ular IT-sohasining turli yo‘nalishlaridagi o‘z bilimlari va tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Konferensiyada: UzMobile, Stolik.uz, Datasite, Huawei, Super Dispatch, Texnoman, Payme, Newmax, ASBT, United Games, Net Extension, Delphi.uz, Brandbox Branding, Zefir VR va boshqa shu kabi kompaniyalarning mutaxassislari ishtirok etdilar.

Ishtirokchilar veb va mobil ilovalar yaratish bo‘yicha amaliy sessiyalarda, kompyuter o‘yinlari va xavfsizlikni ta’minlashda ishtirok etdilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq