Respublika axborot-kutubxona markazi qoshida ilk o‘quv markazi tashkil qilindi
19.05.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Bugungi kunda mamlakatimizdagi axborot-kutubxona markazlarida 28 mingdan ziyod xodim ishlaydi. Elektron kutubxonalarga talabning oshishi, shuningdek bu borada yangi texnologiyalarning tatbiq qilinayotganini hisobga olsak, ularning zamonaviy axborot-kutubxonachilik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirib borish — dolzarb masala. Ayni shu maqsadda yaqinda Respublika axborot-kutubxona markazi qoshida ilk «INFOLIB Education» nomli o‘quv markazi tashkil qilindi.

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida axborot-kutubxona sohasi uchun kadrlar tayyorlanib, har yili bu yo‘nalishda tahsil olish uchun bakalavriat yo‘nalishiga 70 nafar talaba qabul qilinadi. Shuningdek, TATUda bu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarining malakasini oshirish ishlari ham yo‘lga qo‘yilgan.

O‘quv markazi kutubxonachi va oddiy aholi vakillari uchun 2 yo‘nalishda o‘quv kurslari tashkil etadi:

  1. Axborot-kutubxona mutaxassislari uchun zamonaviy kutubxonachilik asoslari. Bu yo‘nalishda muayyan axborot-kutubxona markazi xodimlarini guruh shaklida o‘qitish reja qilingan;
  2. Aholi vakillari uchun AKT bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirish kurslari.

2018 yilda hududlarda ham «INFOLIB Education» o‘quv markazining bo‘linmalarini ochish rejalashtirilgan.

O‘quv markazi kutubxonachilik faoliyati sohasini yanada rivojlantirib, mutaxassislarga bugun talab qilinadigan kerakli bilim va tajribalarni berish, aholining AKT savodxonligini oshirishga zamin yaratadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq