«O‘zbektelekom» AK Google.Inc korporatsiyasi vakillari bilan ish yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi
17.05.2017
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar, Internet.
Muallif: .

16-may kuni «O‘zbektelekom» AK bosh ofisida «O‘zbektelekom» AK rahbariyati va mutaxassislarining Google Global Cache (GGC) kompaniyasi vakillari bilan ish yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davrida hamkorlik hamda O‘zbekiston foydalanuvchilari uchun Google servislarining sifatini yaxshilanishi masalalari muhokama etildi.

Uchrashuvda GGC tоmonidan quyidagilar ishtirok etdi:

Deyv Shvarts,  Google qarorgohi, Kaliforniya:

  • Google tarmoqlararo o‘zarohamkorlik imkoniyatlarini rejalashtirish va boshqarish
  • Rossiya va MDH bo‘yicha yetakchi texnik ekspert
  • Google va CDN tarmoqlarini chuqur tushunish.

Yan Kliri – Google EMEA, London:

  • EMEA, jumladan, Rossiya va MDH bozorlari uchun operatorlar bilan aloqalar bo ‘yicha menejer
  • o‘zarohamkorlik strategiyasi, o ‘zaromunosabatlarni boshqarish va sheriklik.

Deyv Shvarts va  Yan Kliri «O‘zbektelekom» AK texnologik maydonida GGC uskunalarini o‘rnatish orqali O‘zbekiston foydalanuvchilari uchun Google servislari sifatining yaxshilanishi imkoniyatlarini namoyish etdilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha kelishib oldilar. «O‘zbektelekom» AK tarmog‘ida GGC bog‘lamali CDN ning ishga tushirilishi bilan Google eng ommaviy resurslarini keshlash imkoniyati paydo bo‘ladi, bu esa O‘zbekiston foydalanuvchilari uchun Google servislarining sifatini sezilarli darajada oshiradi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq