O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Yig‘ma elektron katalogda ishlash bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
16.05.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2017 yil 11 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Toshkent shahridagi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufidagi axborot-kutubxona muassasalarining Yig‘ma elektron katalogda ishtirokini amalga oshirish yuzasidan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. O‘quv mashg‘ulotida 27 nafar axborot-kutubxona muassasalari mutaxassis-xodimlari ishtirok etdilar.

Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad — yig‘ma katalogni shakllantirishda axborot-kutubxona muassasalari xodimlarining say’i harakatlarini qo‘llab quvvatlash, ularga metodik yordam ko‘rsatish.

Respublika Yig‘ma elektron katalogi markazi direktori A.Gaziev o‘quv mashg‘uloti ishtirokchilarini qutladi va mazkur tadbirning dolzarbligini e’tirof etdi. Shuningdek A.Gaziev RYEKM faoliyati, Markazning kataloglashtirish va tahrirlash bo‘limi mudiri O.Urinova bibliografik yozuvlarni YEK dasturiga yuklash jarayoni, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati bosh mutaxassisi Sh.Ismailova esa “UZMARC” mashinada o‘qiladigan kommunikativ format standarti to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdilar. “UZMARC mashinada o‘qiladigan format asosida axborot-kutubxona resurslarining bibliografik yozuvlarini tuzish, saqlash hamda bibliografik ma’lumotdan foydalanishda xizmat qiladi”, -dedi u.

Markaz tashqi aloqalar va texnik ta’minoti bo‘limi bosh bibliografi Z.Nasirova ishtirokchilarga dasturdan foydalanish uchun maxsus SIGLAlar taqdim etdi hamda Import-Eksport va nusxalar qo‘shish jarayonini amalda onlayn tartibda namoyish etdi. Bunda u bibliografik yozuvlarni IRBIS avtomatlashtirilgan axborot tizimidan EKSPORT qilib, YEK onlayn dasturga IMPORT qilish hamda YEK onlayn dasturining asosiy bazasidan bibliografik yozuvlarni o‘zlashtirish, ya’ni EKSPORT qilish jarayonlarini amalda ko‘rsatib o‘tdi.

O‘quv mashg‘uloti ishtirokchilari Respublika Yig‘ma elektron katalogi markazi faoliyati, “UZMARC” mashinada o‘qiladigan kommunikativ format standarti, hamda YEK dasturida ishlash jarayoni to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq