O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida dasturlash bo‘yicha musobaqa
14.05.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Respublika o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarining dasturlash bo‘yicha bilim olishga qiziqishi, iqtidori va qobiliyatini aniqlash, o‘quvchi-yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash, ulardagi noyob fazilatlarni yanada rivojlantirish maqsadida 2017 yilning 13 may sanasida Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Toshkent shahridagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida dasturlash bo‘yicha jamoaviy musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqada Toshkent shahar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalaridan jami 18 jamoa ishtirok etdi.

Musobaqaning asosiy turida ishtirokchilarga 8 ta turli qiyinlikdagi masalalar va uni ishlash uchun 5 soat vaqt berildi. Uning natijalariga ko‘ra birinchi o‘rinni 7 ta masala ishlagan holda Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi 2-Akademik litseyning Neytrino-1 (Xo‘jayev, Rahimov, Mirfayziyev) jamoasi, ikkinchi o‘rinni 7 ta masala bilan Toshkent xalqaro Westminster universiteti qoshidagi Akademik litseyning ALWIUT1 (Xolmatov, Baykov, Gulyamov) jamoasi va uchinchi o‘rinni 6 ta masala ishlagan holda huddi shu litseyning ALWIUT3 (Yermakov, A’zam-Do‘stmuxammad, Danko) jamoasi qo‘lga kiritdilar.

Musobaqa g‘oliblari va ishtirokchilari esdalik sovg‘alar hamda sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Musobaqaning natijalari bilan batafsil http://acm.tuit.uz/olimpiada/monitor.php da tanishishingiz mumkin.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq