«O‘zbekistonning madaniy merosi. Teatr» turkumiga bag‘ishlangan pochta markalarining chiqarilishi haqida PRESS-RELIZ
13.05.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

«O‘zbekistonning madaniy merosi. Teatr» turkumiga bag‘ishlangan pochta markalari zanjir ko‘rinishida chop etilgan. Turkum 3 ta pochta markasidan iborat.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2017 yil 12 maydan «O‘zbekistonning madaniy merosi. Teatr» turkumining A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat Akademik katta teatriga bag‘ishlangan maxsus pochta markalari muomalaga kiritildi.

Pochta markalarida «Sadoqat» spektaklidan va «To‘maris» baletidan parchalar ko‘rsatilgan hamda A. Navoiy teatrining fasad ko‘rinishidagi binosi tasvirlangan.

Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarining o‘lchamlari 52×37 mm. Adadi 8 ming nusxa.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallari o‘rnatilgan.

1189. «Sadoqat» spektaklidan parcha Nominali — 1000 so‘m.

1190. A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat Akademik katta teatri Nominali — 1900 so‘m.

1191. «To‘maris» baletidan parcha Nominali — 2200 so‘m. Dizayner – Karsevich Ye.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq