“Flora. O‘zbekistonning noyob o‘simliklari” pochta markalari turkumining chiqarilishi haqida
13.05.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2017 yil 12 maydan “O‘zbekiston florasi” turkumi muomalaga kiritildi.
Turkum 2 ta pochta markasidan va 1 ta pochta blokidan iborat. Pochta markalarida O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘sadigan dekorativ va yovvoyi o‘simliklar tasvirlangan.
Pochta blokida 1 ta pochta markasi joylashgan. Pochta blokining yuqori qismida o‘zbek tilida lotin grafikasida “O‘ZBEKISTON FLORASI” yozuvi joylashgan. Gullarning nomlari lotin tilida berilgan.
Pochta markalari va pochta bloki bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 37×37 mm. Pochta blokining o‘lchami 90×80 mm. Pochta blokidagi pochta markaning o‘lchami 37×37 mm.
Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.
1192. «Hibiscus hybridus» (Гибискус) Nominali – 1300 so‘m
1193.«Crocus sativus» (Za’faron) Nominali – 1900 so‘m
Pochta markalarining adadi 8 ming nusxadan.
1194. «Eremurus lactiflorus» (Эремурус) Nominali – 2400 so‘m
Pochta blokining adadi 5 ming nusxa.
Rassom – Kim A.,
dizayner – Kaneves Ye.