Yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun jarimalarni onlayn tekshirish xizmati ishga tushdi
12.05.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun to‘lanadigan jarimalarni onlayn tekshirish xizmati rasman ishga tushdi. Xizmat barcha foydalanuvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, mutloq BEPUL asosda ko‘rsatiladi. Jarima bor-yo‘qligi yoki uning miqdorini aniqlanishi uchun uch-to‘rt marta kerakli tugma* bosiladi. Bunda, avtoulov egasi haqidagi ma’lumotlar kiritilishi talab etiladi.

Ushbu xizmat O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ning qo‘llab-quvvatlashi asosida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining test rejimidagi yangi talqinida** UZINFOCOM va “Elektron hukumat” markazlari tomonidan http://my2.gov.uz manzilida ishga tushirilmoqda.

Yagona portaldan avtorizatsiyadan o‘tish uchun elektron hukumatning Yagona identifikatsiya tizimidan ro‘yxatdan o‘tish shart.

Izoh:

*avtoulovning davlat raqami, TV guvohnomasig raqami va seriyasi, shuningdek sug‘urta polisining raqami.

**ayni paytda YaIDXP 2.0 ning rus tilidagi talqini faoliyat olib bormoqda.

Yagona identifikatsiya tizimi (id.gov.uz) bo‘yicha ma’lumot olish telefon raqami:

+998 (71) 252-42-58

Noto‘g‘ri jarima belgilanganligi holatida ma’lumot olish uchun telefon raqami:

+998 (71) 254-22-16

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq