«Ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandlik (ishga joylashish) monitoringi» axborot tizimi
12.05.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazi xodimlari «Ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandlik (ishga joylashish) monitoringi» axborot tizimini yaratdilar.

Dastur ta’lim muassasalari bitiruvchilarini haqiqatda ishlayotgan ish joyi yoki ishga joylashmaganlik sabablari monitoringini olib borish uchun mo‘ljallangan. Mazkur dastur ta’lim muassasalari tomonidan bitiruvchilarini ishga taqsimlanishi, ishga joylashganligi yoki ishga joylashmaganligi asoslari bilan tizimga ma’lumot kiritish, davlat grantlari, to‘lov kontrakt asosida bitiruvchilarining iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari bo‘yicha ishga joylashishi to‘g‘risida ma’lumot (bakalavriat-kunduzgi, sirtqi bo‘lim, magistratura), bitiruvchilarining bandligi to‘g‘risida ma’lumot, bitirgan, biroq hisobot davriga ko‘ra, ishga joylashmagan bitiruvchilar to‘g‘risida ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat.

Mualliflar — Sultanov Xurshid, Eshpulatov Erkinbek, Xaydarov Ozodjon va Mirzalimov Ulugbekga ushbu dastur uchun № DGU 04255 raqamli guvohnoma berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq