«Motamsaro Ona» poyiga gullar qo’yildi
09.05.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

9 may O’zbekistonda «Xotira va qadrlash kuni» sifatida keng nishonlanadi. Bayram munosabati bilan, joylarda keng miqyosda tadbirlar o’tkazilmoqda. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rovjlantirish vazirligi vakillari ham urush va mehnat faxriylarini moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlanmoqda.

9 may kuni Vazirlik rahbariyati va bir guruh xodimlari poytaxtimizdagi «Motamsaro Ona Haykali» poyiga gullar qo’yishdi. Xotira maydoni har qachongidan ham gavjum. Bu yerga, an’anaga ko’ra, Motamsaro Ona haykali poyiga gullar qo’yish uchun davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari tomonidan juda ko’plab insonlar tashrif buyurmoqda.

Aytish joziki, bayram sharafiga UZINFOCOM Markazi tomonidan Ikkinchi jahon urushi faxriylari va ishtirokchilari xotirasiga bag‘ishlangan Xotira.uz sayti ishga tushirildi. Unda urush maydonida jang qilgan vatandoshlarimiz fotosuratlari, ularning jasoratlari to‘g‘risidagi tarixiy ma’lumotlar hamda Xotira va qadrlash kuni bayrami to‘g‘risidagi yangiliklar, shuningdek bayram sharafiga «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan tarqatilayotgan milliy bayroq lentalari va stikerlarini olish manzillari to’g’risidagi ma’lumotlar o‘rin olgan.

“Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan #xotirauz heshtegi yurtdoshlarimiz — faol yoshlar, davlat va nodavlat tashkilotlar, xususiy sektor vakillari xizmatlari evaziga xalqaro trendga chiqarildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq