«Xotira va qadrlash kuni» tantanali nishonlandi
06.05.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

6 may kuni Aloqa tarixi muzeyida «Xotira va qadrlash kuni», shuningdek 7 may — Aloqachilar kuni munosabati bilan tantanali marosim o’tkazildi. Unda soha muassasalari hamda tashkilotlari xodimlari ishtirok etdilar.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xotira va Qadrlash kuni»ga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish chora-tadbirlari to’g’risida«gi qarorida qayd etilganidek, inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg’usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o’tmishni, ajdodlar o’gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Qadr – insonni yuksaklikka ko’taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag’ishlaydi.

Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda telekommunikatsiya tarmoqlari qamrovini yanada kengaytirish, elektron hukumat tizimini rivojlantirish, bir so’z bilan aytganda — mamlakat hayotining barcha sohalariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada chuqurroq joriy etishga yuqori e’tibor qaratligan. Iqtisodiyot sohalarining rivoji ham ayni paytda AKT taraqqiyoti bilan chambarchas bog’langan. Bunda esa to’plangan tajribalarni hamda zamonaviy ilmiy-texnik rivojlanishni uyg’unlashtirgan holda infratuzilmani rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.

Bayram munosabati bilan, Vazirlik buyrug’iga ko’ra, sohada uzoq yillar mehnat qilgan, samarali mehnat faoliyatini olib borayotgan bir guruh soha xodimlariga «Mohir aloqachi», «Faxriy yorliq», «O’z ishining ustasi» kabi sohaning faxriy unvonlari topshirildi.

Taqdirlanganlarning to’liq ro’yxati «XABAR» gazetasining 2017 yil, 5 maydagi sonida e’lon qilinadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq