Xorazm viloyatida ochiq muloqot shaklida anjuman bo‘lib o‘tdi
05.05.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish qay usulda shakllanadi? Bugungi kunda qanday dolzarb vazifalarni hal etish lozim? Yaqin kunlarda axborot texnologiyalari sohasida qanday o‘zgarish va rivojlanishlar kutmoqda?

Bu kabi boshqa savollarga javob olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda “elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi vakillari ishtirokida Xorazm viloyati hokimiyati va keng jamoatchilik bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Shu o‘rinda, 2017 yil 4 mayda Xorazm viloyatida “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish istiqboli va vazifalari, joriy holati” mavzusida press-konferensiya tashkil etildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturida jamiyat hayotining barcha jabhalarini isloh etish, shu jumladan axborot texnologiyalari sohasini ham yanada taraqqiy ettirish yuzasidan keng qamrovli vazifalar belgilangan.

Mamlakatimizda «Elektron hukumat» tizimi doirasida idoralararo axborot hamkorligini takomillashtirish, aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga imtiyozlar yaratish, interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishning soni va sifatini oshirishga qaratilgan yirik loyihalar axborot texnologiyalari sohasida olib borilayotgan islohotlarning jadal suratlar bilan amalga oshirilayotganidan darak beradi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Axborot kommunikatsiyalari va texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi tomonidan sohada olib borilayotgan ishlarning hududlardagi holati hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbar va mutaxassislarini loyihalar bilan tanishtirish, amalga oshirilayotgan loyihalar bilan aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini keng xabardor qilish hamda ular bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochiq muloqot qilish maqsadida tashkil etildi.

Press-konferensiyani Xorazm viloyati hokim o‘rinbosari ochib berar ekan, so‘zni O‘zbekiston Respublikasi Axborot kommunikatsiyalari va texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi bo‘lim boshlig‘i Sh.Meliboyevga berdi.

Tadbirning kun tartibiga muvofiq, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi direktor birinchi o‘rinbosari M. Rasulov o‘z nutqida “Elektron hukumat”ni joriy etishga doir ishlarning borishi to‘g‘risida m’lumot berdi.

Jumladan, Virtual qabulxona orqali 715 mingdan ziyod murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ularning 90 foizi (647 mingdan ziyodi) ko‘rib chiqilgani, shu bilan birga, elektron hukumatning negizi bo‘lgan 12 ta axborot tizimlari komplekslari va 6 ta ma’lumotlar bazalarini yaratishda borasida 7 ta axborot tizimlari komplekslari va 4 ta ma’lumotlar bazalari yaratilgani, qolgan 5 ta axborot tizimlari komplekslari va 2 ta ma’lumotlar bazalarini joriy qilish yuzasidan ishlar amalga oshirilayotgani haqida taqdimot orqali ma’lumot berdi.

Anjumanda elektron hukumat tizimi doirasida “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi loyihasi amalga oshirilgan bo‘lib, u orqali 41 ta faoliyat bo‘yicha 61 xil turdagi litsenziya olish uchun onlayn ariza yuborish imkoniyatlari yaratilgani va bugungi kunda tizimda 51 mingdan ziyod litsenziya va ruxsatnomalar bo‘yicha ma’lumot reyestri yuritilib kelinayotgani haqida ishtirokchilarga ma’lumot berildi.

Shu bilan birga, tadbirda “elektron hukumat” tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bugungi kunda 300 dan ortiq davlat xizmatlaridan foydalanish imoniyati yaratilgani, Yagona portalga kelib tushgan murojaatlar soni 1 126 mingdan oshgan bo‘lib, murojaatlarning 57 foizi yuridik shaxslar va 43 foizi jismoniy shaxslar tomonidan yo‘llangani haqida ham so‘z yuritildi.

Tadbir davomida markaz bo‘lim boshlig‘i Sh.Nortojiyev Xorazm viloyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish holati haqida yig‘ilganlarni tanishtirib o‘tdi.

Shuningdek, xizmat safari doirasida “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi mutaxassislari joylarda elektron murojaatlar bilan ishlash hamda “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksidan foydalanish samaradorligi, hududdagi “Yagona darcha” markazi va davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tuman tashkilotlari faoliyati bilan tanishishdi. Shuningdek, ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati hamda undan foydalanish bo‘yicha aholi va tadbirkorlik sub’ekti vakillari bilan uchrashishdi.

Press-konferensiya yakunida so‘zga chiqqanlar jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq