Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalaridan iborat jamoalar Belorussiyaning Minsk shahrida o’tkazilgan “BSUIR OPEN -2017” finalida qatnashdlar
05.05.2017
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar, Tadbirlar.
Muallif: .

Oldin habar berganimizdek, TATUning 2 jamoasi Tashkent U of IT (Abdukarimov Sirojiddin, Ismoilov Isfandiyor, Islomov Nodirbek va jamoa murabbiysi Maxmudov Anvarjon) va TUIT Alva (Axmadaliyev Abdullajon, Murtozaqulov Xo’jamurod, Jo’rayev Xurshid va jamoa murabbiysi Hojiyev Sunatullo) 25 aprel sanasida “BSUIR OPEN 2017” finalida qatnashish uchun Belorussiyaga jo’nab ketgan edilar.

Aeroportda ularni Belorus Davlat informatika va radioelektronika universiteti (BDIRU) talabalaridan iborat mas’ullar kutib oldilar.

26 aprel sanasida jamoalarimiz BDIRU talabalari hamrohligida Minsk shaxrining diqqatga sazovor maskanlari mustaqillik maydoni, g’alaba maydoni, Belorus milliy kutubxonasi, Minsk darvozasi kabilarni aylandilar.

Shu kuni jamoalarimiz BDIRU ga tashrif buyurdilar. Musobaqada qatnashish uchun jamoalariz ro’yxatdan o’tib, kun tartibi bilan tanishib chiqdilar. Shundan so’ng sinov turi boshlanguniga qadar final ishtirokchilari uchun tashkil etilgan “Igroteka” da hordiq chiqarib boshqa davlatlardan kelgan tengdoshlari bilan aloqalar o’rnatishdi.

27 aprel sanasida Tashkent U Of IT va TUIT Alva jamoalari “BSUIR OPEN 2017” finali ochilish marosimi va asosiy turida qatnashdilar. Musobaqaning ochilish marosimida BDIRU o’quv ishlari bo’yicha prorektori Boris Viktorovich Nikulshin qatnashib ishtirokchilarni final bosqichiga yetib kelganlari bilan muborakbod etdi. Shuningdek, musobaqada bu yil birinchi bor O’zbekistondan jamoalar qatnashayotganini alohida ta’kidlab o’tdi va jamoalarga omad tiladi.

“BSUIR OPEN-2017” finali asosiy turi TUIT Alva uchun muvafaqiyatli boshlandi. Ular “I” masalani birinchilardan bo’lib ishladilar. Ko’p vaqt o’tmay ikkinchi masala “G” ham qabul qilindi. Bu vaqtda TUIT Alva kuchli 10 likda bordi. Qolgan masalalarni ishlash jamoalarimizga ozroq qiyinlik qildi va ular qiyinchilik bilan musobaqada 4 ta masala ishlashga muvaffaq bo’ldilar. Tashkent U Of IT jamoasi natijasi esa 3 ta masalani tashkil etdi. Musobaqa g’olibligini Rossiyaning Sanpeterburg ITMO jamoasi, ikkinchi o’rinni Belorussiyaning BSUIR 2 jamoasi va uchinchi o’rinni Belorussiyaning BSU jamoasi qo’lga kiritdilar. Eslatib o’tamiz, bu jamoalar dasturlash bo’yicha 2016 yilda bo’lib o’tgan Jaxon chempioanating final bosqichi ishtirokchilari hisoblanishadi.

Musobaqaning yopilish marosimi judayam ko’tarinki ruhda o’tdi. Talabalarimiz boshqa yurtlardan kelgan tengdoshlari bilan mustahkam do’stlik aloqalarini ham o’rnatishga ulgurdilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq