Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalaridan iborat jamoalar Belorussiyaning Grodno shahrida dasturlash bo‘yicha Yanki Kupala nomidagi Grodno Davlat universiteti ochiq chempionati finalida qatnashdlar
05.05.2017
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar.
Muallif: .

TATUning 2 jamoasi Tashkent U of IT (Abdukarimov Sirojiddin, Ismoilov Isfandiyor, Islomov Nodirbek va jamoa murabbiysi Maxmudov Anvarjon) va TUIT Alva (Axmadaliyev Abdullajon, Murtozaqulov Xo‘jamurod, Jo‘rayev Xurshid va jamoa murabbiysi Hojiyev Sunatullo)  28 aprel sanasida “BSUIR OPEN 2017” finalidan so‘ng Belorussiyaning Grodno shahriga dasturlash bo‘yicha Yanki Kupala nomidagi Grodno Davlat universiteti ochiq chempionati finalida qatnashish uchun tashrif buyurdilar.

29 aprel sanasida jamoalarimiz musobaqada qatnashish uchun ro‘yhatdan o‘tib, ochilish marosimi va sinov turda ishtirok etdilar.

Grodno vaqti bilan soat 11:00 da musobaqaning asosiy turiga start berildi. Jami 10 ta masaladan iborat asosiy turning birinchi masalasini muvafaqiyatli ishlash TATUning TUIT Alva jamoasiga nasib etdi. Musobaqa yakunida TUIT Alva jamoasi 5 ta va Tashkent U of IT jamoasi 4 ta masala ishlashga muvafaq bo‘ldilar.

Musobaqaning taqdirlash marosimida musobaqa g‘oliblari va ishtirokchilar diplom va sertifikatlar bilan taqdirlandilar. Shuningdek TATU jamoasining tezkorligi takidlanib alohida diplom bilan taqdirlandi.

Grodno Davlat universiteti rahbariyati musobaqada ishtirok etganligi uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga o‘zining minnatdorchiligini bildirdi va fan-ta’lim sohalari bo‘yicha hamkorlikga tayyor ekanliklarini bildirib o‘tdilar.

Yuqoridagi musobaqalar talabalarimiz uchun juda kata tajriba ortirishga zamin yaratdi. Ular manashu ortirilgan boy tajriba asosida tinimsiz ishlashlari va yuqori natijalarga albatta erishishlarini ta’kidladilar.

3 may sanasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalaridan iborat jamoalarimiz Minsk-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha Toshkent shahriga yetib keldilar. Ularning kelgusidagi o‘qish va ishlariga muvafaqiyatlar tilab qolamiz!

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq