Inson aziz, xotira muqaddas
05.05.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

5 may kuni “Elektron hukumat” markazida “7 may Aloqachilar kuni” va “9-may — Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan bayram yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Bayram yig‘ilishida “Elektron hukumat” markaz direktori Sherzod Habibullayev so‘zga chiqar ekan, markaz xodimlarini bayram bilan muborakbod etdi. Shuningdek, “7 may Aloqachilar kuni” nishonlanishi munosabati bilan Markazning “Nazorat va hujjatlar bilan ta’minlash bo‘limi” boshlig‘i Nosir Safayev Solixovichni Vazirlikning idoraviy mukofoti “O‘z kasbining ustasi” belgisi bilan taqdirlangani bilan tabrikladi.

Tadbir so‘nggida Ikkinchi Jahon urushi davrida xalqimizning mehr-oqibati, yuksak insonparvarligini ko‘rsatuvchi videorolik namoyish etildi.

Markaz jamoasi Nosir Solixovichni mukofot bilan qutlab, kelgusi ishlarida ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilab qoladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq