Bishkekda o‘tgan «AKT sohasida ayollar tashabbuskorligi» mavzusidagi seminarda vakillarimiz ishtirok etdilar
03.05.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vakillari 23-27 aprel kunlari Bishkekda MDH mamlakatlari uchun o‘tkazilgan «AKT sohasida ayollar tashabbuskorligi» mavzusidagi hududiy seminarda ishtirok etdilar. Seminar mobaynida Qirg‘izistonda tadbirkork ayollar uchun milliy WI-FI dasturi e’lon qilindi.

BMTning Osiyo-Tinch okeani bo‘yicha axborot-kommunikatsiyalarini rivojlantiruvchi o‘quv markazining Wi-Fi dasturining bosh idorasi Koreya Respublikasining Inchxon shahrida joylashgan bo‘lib, 2016 yildan boshlab faoliyat yuritib keladi. Ushbu dastur BMTning 2030 yilgacha bo‘lgan barqaror rivojlanish maqsadlarini hisobga olgan holda, hududiy va milliy kontentni rivojlantirish uchun amalga oshirilmoqda.

WI-FI dasturining bosh maqsadi — AKT yordamida tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi ayolarning ijtimoiy va iqtisodiy mustaqilligini qo‘llab-quvvatlashdir. Jumladan, dastur asosida AKT yordamida tadbirkor ayollarning salohiyatini oshirish, shu yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatuvchi ayollarning davlat boshqaruvidagi faolligini oshirish yo‘nalishlarida vazifalar amalga oshiriladi.

Jumladan, seminarda «Ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish», «AKT va barqaror rivojlanish maqsadlari», «Tadbirkor ayollarni rag‘batlantiruvchi vosita», «AKT yordamida biznesni rejalashtirish va boshqarish», gender tengligini qo‘llab-quvvatlash orqali ayollar tadbirkorligini ommalashtirish mavzularida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq