Toshkent shahridagi Inha universiteti “Ochiq eshiklar kuni”ni o‘tkazadi
02.05.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Toshkent shahridagi Inha universiteti 2017-yilning may oyida maktab o‘quvchilari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining o‘quvchilari hamda ularning ota-onalari uchun “Ochiq eshiklar kuni”ni o‘tkazadi.

“Ochiq eshiklar kuni” may oyining har jumasida – 5, 12, 19 va 26 may kunlari o‘tkaziladi. “Ochiq eshiklar kuni” soat 16:30 dan boshlanadi.

“Ochiq eshiklar kuni” davomida tashrif buyuruvchilar universitet hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi.

Tashrif buyuruvchilar universitetning auditoriya va laboratoriyalari bilan tanishishlari, shuningdek, oliy o‘quv yurtining vakillariga o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishlari mumkin.

Abiturientlar, shuningdek, Toshkent shahridagi Inha universitetining talabalari bilan muloqot qilishlari mumkin.

Manba: press-reliz

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq