CLICK tizimining xavfsizligi xalqaro darajada PCI DSS standarti yordamida tasdiqlandi!
02.05.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

CLICK kompaniyasi baholash jarayonining tugaganligi va plastik kartalar sanoatidagi ma’lumot xavfsizligining xalqaro standart talablariga muvofiqlik sertifikatiga (PCI DSS) ega bo‘lganligi haqida mamnuniyat bilan xabar qiladi. Joriy yilning boshida CLICK kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasidagi mobil va internet-banking sohasidagi tijorat tashkilotlaridan birinchi bo‘lib, texnologik jarayonlarini baholashda kerak bo‘lgan barcha tartiblarini bajargan holda plastik kartalar sanoatidagi ma’lumot xavfsizliginining xalqaro standartining eng so‘ngi naqlidagi talablariga muvofiqlik Sertifikatini qo‘lga kiritdi (Payment Card Industry Data Security Standard, PCI DSS version 3.2).

Xalqaro PCI DSS standarti Plastik kartalar sanoatidagi xavfsizlik standartlar Kengashi (Payment Card Industry Security Standards Council, PCI SSC) tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, Visa, Masterard, American Express, JCB va Discover xalqaro to‘lov tizimlari tomonidan ta’sis qilingan va hozirgi kunda to‘lov kartalar sanoatida xavfsizlik bo‘yicha eng nufuzli va tan olingan standarti hisoblanadi.

Standartning birinchi naqli 2004-yilda ishlab chiqarilib, taqdim qilingan edi. Texnologiyalarning va turli tizimlarning rivojlanishi bilan Standart doimiy ravishda yangilanib bormoqda va uning talablariga qo‘shimcha parametrlar qo‘shilib, takomillashadi. Hozirgi kunda ushbu PCI DSS Standartining eng zamonaviy va so‘ngi naqli 3.2 hisoblanadi va CLICK tizimi aynan shu naqlning talablariga muvofiqligini tasdiqladi. Ushbu standart turli tizimlaridagi axborot infratuzilmasida uzatilayotgan, saqlanayotgan va ishlov beriladigan to‘lov kartalarning egasi haqidagi ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlab berishga qaratilgan 12 batafsil detallashtirilgan talablarning majmuidan tashkil topgan.

CLICK tizimining ushbu standart talablariga muvofiqlik sertifikatini qo‘lga kiritishi xavfsizlik masalalari va CLICK foydalanuvchilarining konfidensial ma’lumotlarini himoyasining ustunligidan yaqqol dalilidir. CLICK foydalanuvchilari ularning ma’lumotlari xalqaro standartining qat’iy talablariga javob beruvchi zamonaviy yechimlar himoyasidaligidan ishonchlari komil bo‘lishlari mumkin.

“Hozirgi paytda texnologiyalarning rivojlanib kelishi bilan xavfsizlik masalalari juda aktual bo‘lmoqda. Faoliyatimizning boshidan ushbu yo‘nalishga katta e’tibor berib keldik va foydalanuvchilarimizning ma’lumotlarini himoyalashda barcha kerak bo‘lgan choralarni joriy qilib kelgan edik. Bugun PCI DSS muvofiqlik sertifikatini qo‘lga kiritganimizda, hech ikkilanmasdan aytish mumkinki, CLICK tizimi dunyoning xavfsiz va ishonchli global ekotizimining bir qismi bo‘lmoqda”, — deb ta’kidladi CLICK kompaniyasining Bosh direktori Ulug‘bek Rustamov.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq