Sog‘liqni saqlash vazirligida AKT joriy etilish holati
01.05.2017
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

2017 yil 27 aprel kuni bo‘lib o‘tgan haftalik kollegial seminar doirasida Sog‘liqni saqlash vazirligi va “Elektron hukumat” markazi vakillari davlat boshqaruvi organlari AKT ixtisoslashgan bo‘lim boshliqlari ishtirokida Vazirlik faoliyatida AKTni joriy etish istiqbollari va dolzarb muammolarni muhokama etishdi.

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi “Medinfo” bo‘limi boshlig‘i J.Abdullayev Vazirlik tomonidan onlayn shaklda ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari doirasida “Sog‘liqni saqlash” axborot tizimlari majmuasi loyihasini amalga oshirish va holati” mavzusida taqdimot namoyish etdi.

Markaz direktori o‘rinbosari Sh.Kayumov va mutaxassislari tomonidan mazkur yo‘nalishni takomillashtirish yuzasidan tavsiya va takliflar seminar ishtirokchilariga taqdim etildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq