Koreya media san’ati universiteti vakillari tashrifi
01.05.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2017 yil 1 may kuni Koreya media sana’ti universiteti vakillari (Yoon Sung va Seo Changyong) tashrif buyurdi. Uchrashuvda o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor F.Agzamov, xalqaro aloqalar bo‘lim boshlig‘i J.Abdujalilov, televezion texnologiyalari fakulteti dekani F.Nuraliyev, kafedra mudirlari va elektron hukumat markazi maslahatchi ekspert Jeon Byung Vuk ishtirok etdi.

Ushrashuv boshida mehmonlarga TATU o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Fayzulla Saydakbarovich tomonidan Toshkent axborot texnologiyalar universitetining tarixi, mavjud fakultetlar, universitetning filiallari va xozirgi kunda universitetda olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida mehmonga ma’lumot berildi. Jumladan, Janubiy Koreyaning yetuk universitetlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar, malaka oshirish kurslari haqida gapirib berildi.

Janob Yun Sung tomonidan TATU ga tashrifi va uchrashuv tashkil etilganligi uchun minnatdorchilik bildirilib, Koreya media sana’ti universiteti haqida ma’lumot berdi, universitetda Televizion texnologiyalari yo‘nalishiga oid bo‘lgan kafedralar mavjud bo‘lib ushbu yo‘nalishda Koreya Respublikasida ilg‘or universitetlar ro‘yhatidan joy olgan (http://www3.pro.ac.kr/webService.pro?menuCode=K02M0401).

Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha kelishib olindi:

  • Televizion texnologiyalari fakulteti professor o‘qituvchilarning almashinuv dasturi, Koreya media sana’ti universitetidan professorlarni TATUga jalb qilish va bir semester davomida professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun master klasslar tashkil etish;
  • Televizion texnologiyalari fakulteti bakalavriatura talabalari uchun almashinuv;
  • Ikki universitet hamkorligida talabalar tomonidan tayyorlangan media kontentlar, rasmlar va ilovalarning ko‘rgazmasini tashkil etish va turli musobaqalar o‘tkazish;
  • O‘quv rejalar va o‘quv dasturlarni hamkorlikda shakllantirish va kurs materiallarini almashish bo‘yicha hamkorlik rejalari tuzib olindi.

Uchrashuv yakunida mehmon prorektorga uchrashuv tashkil etilganligi uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib, hamkorlik yuzasidan kelishib olingin yo‘nalishlar bo‘yicha Koreya media sana’ti universiteti prezidentiga xabar berishini ta’kidladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq