O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish
30.04.2017
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar, Texnologiya.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012-yil 23-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-1836-son Qarori yuzasidan 2013-yilda Federatsiya Kengashi apparatida Kompyuterlashtirish bo‘limi tashkil etildi.

Bugungi kunda Federatsiya Kengashi apparati, uning bo‘­limlari, hududiy birlashmalar va tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlarida kompyuterlashtirish masa­lasi texnik jihatdan ancha yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Har bitta ish joyi zamonaviy kompyuterlar va boshqa texnik jihozlar bilan ta’minlangan. Barcha kompyuterlar lokal, korporativ hamda internet tarmog‘iga ulangan. Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Internet tarmog‘i FTTB texnologiyasi xizmatiga (optik tolali aloqa) o‘tkazilib, Internet tezligi (Internet tezligi 6 Mbit/s., TAS-IX tarmog‘iga chiqish tezligi 16 Mbit/s.ga) va sifati oshirildi.

Kasaba uyushmalari tizimida to‘liq elektron hujjat almashish tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish amalga oshirilmoqda. Bu borada Federatsiya Kengashida va a’zo tashkilotlarida «Kasaba uyushmalari tashkilotlari» axborot tizimining elektron hujjat aylanish dasturidan foydalanib kelinmoqda. Hamkor vazirlik va tashkilotlar bilan o‘zaro elektron hujjat yuritish sfp.uz, kasaba.uz domenida korporativ elektron pochta hamda E-XAT himoyalangan elektron pochta tizimi orqali amalga oshirilmoqda. Federatsiya tizimida korporativ elektron pochta (sfp.uz, kasaba.uz domeni) bilan ta’minlanganlar soni 1500tani tashkil etmoqda. Kasaba uyushmalari Federatsiyasining portali, tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlari va hududiy birlashmalari veb-saytlari yanada takomil­lashtirildi, interaktiv xizmatlar bo‘limi tashkil qilinib, undagi xizmatlar soni va sifati yaxshilandi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-martdagi 73-sonli qarori ijrosi yuzasidan 2016-yilda Federatsiya Kengashining O‘quv markazida kasaba uyushmalari kadrlari va faollarining (120ta ting­lovchi) 1 haftalik kompyuter savodxonligi va axborot xavfsizligi bo‘yicha malakasi oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 27-oktabrdagi 289-son qaroriga asosan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va uning tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlarning 143 nafari kompyuter sa­vodxonligini baholash tizimida (KSBT) attestatsiyadan o‘tkazildi. AT joriy etish va rivojlantirish bo‘limi xodimlari «Elektron hukumat» markazining axborot xavfsizligi o‘quv kurslarida malaka oshi­rib, sertifikatlar bilan ta’minlandilar.

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va unga a’zo tashkilotlar «Ijro intizomi» idoralararo axborot tizimidan foydalanish uchun elekt­ron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlandi. Federatsiya Kengashi­ga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan kelib tushgan murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatiga e’tibor qilgan holda ko‘rib chiqilmoqda. 2016-yil 245ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning barchasi o‘z vaqtida ko‘rib chiqildi. Federatsiyaning aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarini interaktiv ko‘rinishga o‘tkazish maqsadida xizmatlar inventarizatsiya qilindi hamda rasmiy veb-sayt (www.kasaba.uz) orqali ko‘rsatilayotgan bu xizmatlar soni va sifati yaxshilanib, bugungi kunda 10dan ortiqni tashkil etmoqda.

Bundan tashqari, 34ta a’zo tashkilotlari, jumladan, tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlari va hududiy birlashmalari rasmiy veb-saytlari yanada takomillashtirildi, interaktiv xizmatlar bo‘limi tashkil qilinib, undagi xizmatlar soni va sifati yaxshilandi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2014-yil 3-aprel­dagi «Iqtisodiyotning real sektoriga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2158-sonli Qarori talablaridan kelib chiqqan holda, ishlab chiqilgan «O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kompleks integrallashgan axborot tizimini yaratish Konsepsiyasi» va «O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning 2014–2020 yillarga mo‘ljallangan Strategik dasturi» hamda «Kompleks integrallashgan axborot ti­zimini yaratishning texnik-iqtisodiy asoslash» hujjat loyihalari O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan ekspertizadan o‘tkazilib tasdiqlandi.

2016-yilda «Elektron hukumat» tizimi doirasida Federatsiya­ning Kompleks integrallashgan axborot tizimi Kasaba KIATning texnik topshirig‘i hamda birinchi bosqichda ushbu tizimning axbo­rot resurslarini shakllantirish dasturiy ta’minoti ishlab chiqilib, Federatsiyaning serveriga o‘rnatildi hamda tajriba-sinov tariqasida ishga tushirildi. Tizimning markazlashgan ma’lumotlar bazasiga 501 mingdan ziyod yuridik shaxslar, 14 mingdan ziyod boshlan­g‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari, 500ga yaqin normativ hujjatlar, 19ta sihatgohlar, 212ta bolalar oromgohlari, 60ga yaqin asosiy vositalar, har turli ma’lumotnomalar va tasniflagichlar bo‘yicha 7000dan ziyod qatorlar va boshqa ma’lumotlar yuklandi.

2016-yilda kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kompleks integrallashgan axborot tizimi Kasaba KIAT axborot resurslarini shakllan­tirish dasturiy ta’minotini Buxoro viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi misolida tajriba-sinovdan o‘tkazish ishlari amalga oshirildi (Dasturga jami 2162ta boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari, 858ta sex tashkilotlari, 456ta guruh tashkilotlari, 1720ta jamoa shartnomalari kiritildi).

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi­ning 2016-yil 10-maydagi 47-son bayoni vazifalarini amalga oshi­rish yuzasidan «LG CNS Uzbekistan» qo‘shma korxonasi dasturchilari bilan hamkorlikda Kasaba KIAT axborot tizimining ma’lumotlar bazasini markazlashgan Yuridik shaxslar ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilindi. Tizimga kiritilgan ma’lumotlarning to‘laligini va bir­lamchi ma’lumotlarni o‘z vaqtida, kiritib borilishini nazorat qilib borish maqsadida, rahbar xodimlar uchun holat ekranlari ishlab chiqildi va undagi aks ettirilgan ma’lumotlar asosida, real vaqtda, har bir rahbar xodim o‘z vakolati doirasida tezkor qarorlar qabul qilishiga imkoniyatlar yaratildi. Jumladan, ekranda tuman, viloyat va respublika darajasida kasaba uyushmalari to‘g‘risida statistik ma’lumotlarni on-line holatida aks ettirilib turishi ta’minlandi.

Yuqoridagilardan tashqari tizim yordamida ko‘plab reglamentlangan va reglamentlanmagan shakllarda ma’lumotlarni avtomatik tarzda tezkor olib turish imkoniyatlari, jumladan, respublika da­rajasida 2-TI hisobot shakli bo‘yicha, viloyat va tuman darajalarida 1-TI hisobot shakli bo‘yicha hamda har turli kesimlarda boshqa hisobot shakllarida ma’lumot­larni olish, chop etish, Excel forma­tiga eksport qilish va boshqalar yaratildi.

Xulosa qilib aytganda, Kasaba KIATda undan foydalanuvchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Hisobotlarni tayyorlash va ularni boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari darajasidan respublika darajasigacha yig‘ib borish, ko‘rish, chop etish va ulardan xizmat faoliyatida foydalanish jarayonlari to‘liq avtomatlashtirilgan bo‘lib, bu esa o‘z navbatida, kasaba uyushmalari xodimlari vaqtini tejash va bu vaqtni kasaba uyushmalari harakatini rivojlantirish bo‘yicha boshqa muhim ishlarga sarflash imkoniyatlarini yara­tadi. Keyingi o‘rinlarda Kasaba KIATning imkoniyatlarini yanada kengaytirish bo‘yicha kerakli qo‘shimcha ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq