ARMAT++ tizimida hujjatlarni qidirish va buyurtma berish
30.04.2017
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Foydalanuvchi tomonidan avtomatlashgan ish o‘rni (AIO‘)da hujjatlarni qidirish. ARMAT++ dasturining foydalanuvchiga mo‘ljallangan AIO‘ hujjatlarni qidirish, ularga buyurtmalar berish uchun Foydalanuvchining AIO‘ ishga tu­shiriladi.

Buning uchun tizimning bosh sahifasidagi «Login» va «Parol» maydonlariga tegishli ma’lumot kiritiladi va «Kirish» tugmasi sichqoncha yordamida chertiladi (1-rasm). Natijada biz tizimdan foydalanuvchiga mo‘ljallangan AIO‘ga kiramiz (2-rasm). Foydalanuvchining AIO‘da hujjatlarni qidirish uchun «Kengaytirilgan qidirish» tugmasini chertamiz (2-rasm). Natijada dasturning elektron katalogi orqali adabiyotlarni qidirish imkoniga ega bo‘lamiz (3-rasm). Faraz qiling, Foydalanuvchi «Axborot-resurs markazini axborotlashtirish» sarlavhali kitobni qidira­yotgan bo‘lsin. Bunday holda u 3-rasmdagi «Sarlavha» maydoniga «Axborot-resurs markazini axborotlashtirish» jumlasini kiritadi va «Izlash» tugmasini sichqoncha bilan chertadi (4-rasm). Natijada Foydalanuvchi tomonidan berilgan so‘rovga mos adabiyotlar ro‘yxati elektron katalogda ko‘rinadi (5-rasm).

Qidirib topilgan adabiyotlarga buyurtma berish. Mazkur adabiyotga buyurtma berish uchun tavsifning chap tomoni­dagi kvadratchaga sichqoncha bilan belgi qo‘yib, «Buyurtma be­rish» tugmasiga sichqoncha bilan chertamiz (6-rasm). Natijada ekranda tizim tomonidan izlab topilgan adabiyotga buyurtma berilganligi to‘g‘risida ma’lumot aks etadi (7-rasm). Foydalanuvchi bir marotaba bergan buyurtmasiga yana takroriy ravishda, buyurtma berganda tizim bunday buyurtmani qabul qilmaydi (8-rasm).

Shunday qilib, Foydalanuvchi tomonidan izlanayotgan adabi­yotni qidirish va unga buyurtma berish: kutubxonachining AIO‘da buyurtmalarni qabul qilish va bajarish, buyurtmalarni qabul qilish­ni ko‘rib chiqildi. Tizimdan foydalanuvchilar tomonidan qidirib topilgan adabiyotlarga berilgan buyurtmalar Kutubxonachining AIO‘ kelib tushadi. Kutubxonachi foydalanuvchi tomonidan be­rilgan buyurtmani qabul qilinganligi to‘g‘risida Foydalanuvchiga axborot beradi, buyurtma berilgan adabiyot fondda mavjudligini bilsa, bu to‘g‘risida Foydalanuvchiga xabar beradi. Bunday xabarni olgan Foydalanuvchi ARMga kelib, undan o‘zi buyurtma bergan kitobni oladi. Bu ishlarning barchasi avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi (ARMAT++) tizimining Kutubxonachining AIO‘da bajariladi. Kutubxonachining AIO‘ni ishga tushirish uchun tizim bosh sahifasining «Parol» va «Login» maydonlariga tegishli qiymatlar beriladi va «Kirish» tugmasi sichqoncha bilan chertiladi (9-rasm).

Natijada Kutubxonachining AIO‘ga kirish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Kutubxonachining AIO‘dа «Buyurtmalar bilan ishlash», «Adabiyotlarni berish», «Maxsus buyurtmalar bilan ishlash», «Adabiyotlarni qaytarib olish», «Qarzdorlar» bilan ishlash, «Hisobotlar»tayyorlash va tizim elektron katalogidan adabiyotlarni qidirish funksiyalari bajariladi. Kutubxonachining AIO‘da buyurtmalar bilan ishlash «Buyurtmalar» tugmasini chertish orqali boshlanadi. Kutubxonachi «Buyurtmalar» tugmasini chertgan­da Foydalanuvchilar tomonidan berilgan buyurtmalar ro‘yxatini ko‘ramiz (10-rasm).

Kutubxonachi «Buyurtmani» qabul qilganini tizimdan foydalanuv­chiga bildirishi uchun tavsifning chap tomonidagi kvadratchaga sichqoncha bilan belgi qo‘yib, tizim interfeysining pastki qismidagi menyudan «Qidirilmoqda» so‘zini tanlaydi. Kutubxonachi tomo­nidan bu ishning bajarilishi, Foydalanuvchiga «Buyurtmaning qabul qilinganligini bildiradi (11-rasm). Agar Foydalanuvchining AIO‘dagi «Shaxsiy kabinet»ga kirsak, u yerda buyurtmaning «Qidirilayotgan­ligi» to‘g‘risidagi xabarni ko‘ramiz (12-rasm). Kutubxonachi­ning AIO‘dagi «Buyurtmalar» punktidagi menyudan «tayyor» so‘zi tanlanganda Foydalanuvchining AIO‘dagi «Shaxsiy kabinetda»gi «Qidirilmoqda» statusi «tayyor»ga o‘zgaradi. Bu bilan Kutub­xo­nachi Foydalanuvchiga berilgan buyurtmani olib ketishi mumkin­ligi to‘g‘risida xabar bergan bo‘ladi. Bunday xabarni olgan Foyda­la­nuvchi ARMga kelib, o‘zi bergan buyurtmani olib ketishi mumkin.

Buyurtmalarning bajarilishi. ARMga kelgan Foydalanuv­chiga buyurtma berilgan adabiyotni berish uchun Kutubxonachi tavsif­ning o‘ng tomonidagi kvadratchaga sichqoncha bilan belgi qo‘yadi va «Buyurtmani bajarish» tugmasini chertadi (13-rasm). Natijada 14-rasmdagi holatga ega bo‘lamiz. Dastlab «Kitobxon» tugmasi chertiladi va buyurtmaning kim tomonidan berilgani tekshi­riladi (15-rasm).

ARMga kelgan Foydalanuvchi va Foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotda keltirilgan fotosurat bir-biriga o‘xshasa, ARM Foydalanuvchiga xizmat ko‘rsatadi. Aks holda, ARM xodimi ARMga kelgan Foydalanuvchiga adabiyotni bermaslikka haqqi bor. Tekshiruv tugallangan «Inventar» maydoniga berilayotgan adabiyotning inventar raqami menyudan tanlab o‘rnatiladi, Adabiyotni qaytarish muddatini o‘zgartirish mumkin, so‘ngra «Buyurtma bajarish» tugmasi chertiladi. Natijada taqdim etilgan formani printerda chop qilish imkoniyati yaratiladi. Bu yerdagi «print» tugmasini chertish orqali formani bosib chiqarish mumkin. Foydalanuvchi printerdan chiqqan formaga imzo chekib, uni Kutubxonachiga beradi, Kutubxonachi Foydalanuvchiga buyurtma berilgan adabi­yotni beradi.

Xulosa qilib aytganda, ARMAT++ dasturida hujjatlarni qidirish, ularga buyurtmalar berish va buyurtmalarning bajarilishi ana shunday amalga oshiriladi.


1-rasm. Tizimning bosh sahifasidan foydalanuvchining AIO‘ga kirish


2-rasm. Foydalanuvchining AIO‘


3-rasm. Tizimning elektron katalogi ma’lumotlar bazasidan adabiyotlarni qidirish


4-rasm. Foydalanuvchiga kerakli adabiyotni izlash


5-rasm. Foydalanuvchining so‘roviga mos, izlab topilgan adabiyot


6-rasm. Adabiyotga buyurtma berish


7-rasm. Foydalanuvchi tomonidan berilgan buyurtmaning qabul qilinishi


8-rasm. Takroriy berilgan buyurtmaning qabul qilinmasligi


9-rasm. Kutubxonachining AIO‘ga kirish


9 A-rasm. Kutubxonachining AIO‘


10-rasm. Foydalanuvchi tomonidan berilgan buyurtma


11-rasm. Foydalanuvchiga buyurtmaning qabul qilinganligi to‘g‘risida xabar berish


12-rasm. Buyurtmaning qabul qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumot


13-rasm. Buyurtmani bajarish


14-rasm. Buyurtmaga ishlov berish


15-rasm. Kitobxon to‘g‘risida ma’lumot

Mualliflar: O‘ktam Karimov, TATU assisenti, magistr, Barno Karimova, P. F. Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji o‘qituvchisi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq