Xo‘jalik boshqaruvi organlari vakillari ishtirokida haftalik kollegial seminar bo‘lib o‘tdi
26.04.2017
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

2017 yil 25 aprelda «“Elektron hukumat” markazida xo‘jalik boshqaruvi organlari vakillari uchun navbatdagi “Haftalik kollegial seminar” o‘tkazildi.

Mazkur seminarda xo‘jalik boshqaruv organlari AKT bo‘yicha mas’ul bo‘limlarining vakillari ishtirok etdilar. Seminarda «O‘zqurilishmateriallari» aksiyadorlik jamiyati Axborot texnologiyalari bo‘limi mutaxassisi Timur Atayev hamda «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» Axborot xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Shohida Qosimovaning «Tashkilotlarda AKTni joriy etish va rivojlantirish” mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi.

Shuningdek, tadbirda «O‘zqurilishmateriallari» aksiyadorlik jamiyatida «Elektron hukumat» tizimi mexanizmlarini joriy etish va rivojlantirish holati yuzasidan markaz mutaxassisi L.Baynazarova tomonidan batafsil ma’lumot berildi.

Haftalik kollegial seminar kun tartibidagi masalalar yuzasidan qizg‘in muzokaralar o‘tkazilib, muzokaralarda seminar ishtirokchilari qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq