O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Yig‘ma elektron katalog dasturining afzalligi va qulayligi” mavzusiga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi
22.04.2017
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

2017 yil 20 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Yig‘ma elektron katalog dasturining afzalligi va qulayligi” mavzusiga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahridagi oliy o‘quv yurtlari ARMlarini yig‘ma elektron katalogda ishtirokini yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan seminarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufidagi axborot-resurs markazlarining rahbar va xodimlari va Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi xodimlari qatnashdilar.

Seminar respublika axborot-kutubxona muassasalari o‘rtasida tezkor axborot almashish ishlarini tashkil etish, yig‘ma elektron katalogdagi bibliografik yozuvlarni yig‘ish va ularning yuqori saviyada taqdim qilinishini ta’minlash, elektron kataloglarni tashkil etish va axborot ayirboshlash yuzasidan axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalarini hal etish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori vazifasini bajaruvchi U.Teshabaeva ochdi. Seminar qatnashchilarini qutlar ekan, u hozirgi kunda aholi o‘rtasida kitob mutolaasiga qiziqish uyg‘otishda va uning axborot madaniyatini oshirishda kutubxonalarning rolini alohida e’tirof etdi. Shuningdek u O‘zbekistonda axborot-kutubxona sohasida o‘tkazilayotgan islohotlarning amaliy natijasi, hukumat dasturlari, ularning bajarilishi, sohaning me’yoriy-hujjat asosini takomillashtirish ishlari, kutubxona va kutubxonachilikka oid bo‘lgan yurtimiz va xalqaro jabhalarda amalga oshirilayotgan ilmiy va texnologik yangiliklar va sohada yechimini kutayotgan muammolar to‘g‘risida so‘zladi.

Tadbirda Respublika yig‘ma elektron katalog markazi direktori A.Gaziev mazkur markaz faoliyati haqida ma’ruza qildi . Markazning tashqi aloqalar va texnik ta’minoti bo‘limi mudiri G.Kulieva Respublika yig‘ma elektron katalog markazi onlayn dasturining qulayliklari va afzalliklari bilan tanishtiruvchi ma’lumotni taqdim etdi.

Seminar mashg‘ulotini markazning kataloglashtirish va tahrirlash bo‘limi mudiri O.Urinova “Yig‘ma elektron katalog” dasturining sektor ish faoliyatini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalari bilan davom ettirdi. Tashqi aloqalar va texnik ta’minoti bo‘limi bosh bibliografi Z.Nasirova markaz xodimlari tomonidan tayyorlangan YEK dasturida bibliografik yozuvlarni yaratish hamda import va eksport jarayonlarini amalga oshirish to‘g‘risida videorolikni taqdim etdi.

Seminar doirasida axborot-kutubxona markazlari xodimlari o‘zlarini qiziqtirayotgan savollar va takliflar bilan murojaat etdilar. Xususan. Toshkent Turin politexnika universiteti axborot-resurs markazi rahbari G.Mirxodjaeva kutubxonachilik ishini yengillashtirish maqsadida YEK dasturida amaliy o‘quv seminarini tashkil etish to‘g‘risida, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti axborot-resurs markazi rahbari K.Mahmudova Oliy va o‘rta maxsus vazirligiga qarashli axborot-resurs markazlarini muvoqlashtiruvchi markaz tashkil qilish to‘g‘risida takliflarni ilgari surishdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq