Haftalik kollegial seminar: muvaffaqiyatlar barobarida muammolar ham muhokama etilmoqda
22.04.2017
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi qoshidagi ilmiy texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivida 2017 yil 20 aprelda navbatdagi “Haftalik kollegial seminar” bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminarda davlat boshqaruv organlarining AKT joriy etish va rivojlantirish uchun mas’ul bo‘linmalarning rahbarlaridan tashqari, xo‘jalik boshqaruv organlarining AKTga mas’ul xodimlari qatnashishdi.

Seminarda “O‘zarxiv” agentligi elektron arxivlar va hujjatlarni yuritish bo‘limi boshlig‘i Aliyev Anvarjon Agentlikdagi axborot texnologiyalarini tadbiq etish va rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xaqida ma’ruza qildi. Shuningdek, tadbirda davlat boshqaruvi organlarida AKT joriy qilish va rivojlantirish holati, ochiq ma’lumotlar, “Litsenziya” ATK hamda davlat xizmatlari, shakl va blankalar Yagona reyestri yuzasidan “Elektron hukumat” markazining davlat boshqaruvi organlarining maxsus bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi mutaxassisi Zarif Karimberganov tomonidan Agentlikning bir qator kamchiliklari haqida taqdimot orqali to‘xtalib o‘tdi.

Haftalik kollegial seminar kun tartibidagi masalalar yuzasidan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda tashkilotlar tomonidan bir qator taklif va tavsiyalar bildirildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq