TATU o‘qituvchilari respublika miqiyosidagi seminarda
21.04.2017
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

2017 yilning 16-17 aprel kunlari Samarqand shahrida pochta xizmatida xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan respublika miqyosidagi seminarda TATUning «Pochta aloqasi texnologiyasi» kafedra mudiri Z.M. Otaqo‘ziyeva va ushbu kafedraning katta o‘qituvchisi E.T. Ishdavletova lar ishtirok etishdi.

E.Ishdavlatova seminar davomida «Перспективы внедрения технологии «BioTrack» в филиале «Xalqaro pochtamt» AO «O’zbekiston Pochtasi» mavzuida ma’ruza qildi.

Seminar doirasida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, «O‘zbekiston pochtasi» AJ boshqaruv apparati xodimlari, pochta xavfsizligi xizmati inspektorlari, «UNICON.UZ» Davlat Unitar Korxonasi, Samarqand viloyatining o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar bo‘yicha bo‘limi, Samarqand viloyati radiologiya bo‘limi va boshqa tegishli tashkilotlar mutaxassislari tomonidan pochta aloqasida xavfsizlikni ta’minlash va sifatni oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq