IUT va Belarus Yuqori texnologiyalar parki ta’lim markazi IT-mutaxassislarni tayyorlashda hamkorlik qiladilar
20.04.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

17-aprel kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) va Belarus Yuqori texnologiyalar parki anglashuv memorandumini imzoladilar.

Memorandum O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sherzod Shermatov boshchiligidagi delegatsiyaning Minsk shahriga tashrifi doirasida imzolandi. Delegatsiyada IUT ma’muriyati vakillari ham bor.

IUT va Belarus Yuqori texnologiyalar parki ta’lim markazi o‘rtasidagi memorandumning asosiy maqsadi tomonlarning manfaatlarini hisobga olgan holda ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirishdir.

Memorandum doirasida, tomonlar IT-mutaxassislarni tayyorlashda va qayta tayyorlashda hamda ularning malakalarini oshirish borasida tajriba almashishga kelishib oldilar.

Shuningdek, ta’lim muassasalari O‘zbekiston va Belarus dastur ishlab chiqarish sanoati va axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shadilar.

Manba: press-reliz

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq