Kino-teleoperatorlar mahorat maktabi
15.04.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2017-yil 14-aprel kuni O‘zbekiston milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq artisti, mashhur operator, rejissyor Malik Qayumov (1911-2010) tavalludining 105 yilligi munosabati bilan “Operatorlar darg‘asi” deb nomlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.

Mashhur telejurnalist Baris Babayev O‘zbekiston xalq artisti mashhur operator, rejissyor Malik Qayumovning hayoti va ijodi to‘g‘risida va bugungi kunda uning boy milliy merosi haqida gapirib tadbirni ochdi.

Tadbirda Malik Qayumovning taniqli shogirdlaridan biri Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Televizion texnologiyalar” fakulteti “Telestudiya tizimlari va ilovalari” kafedrasi mudiri B.Bazarbayev tomonidan Malik Qayumov ijodi va hayoti to‘g‘risida 100 dan ortiq foto va kinofilmlar taqdim etilgan video-materiallar namoyish etildi. Mashhur rejissyor Tamara Kamalova tonomidan tayyorlangan Malik Qayumov ijodiga bag‘ishlangan “Дело всей жизни” film-monologi namoyish etildi.

Mamlakatimizda televideniye va radio sohasi jadal sur’atlar bilan rivojlanayotganligi va milliy media-mahsulotlarining sifati yaxshilanib borayotgani barchamizga ma’lum. Shu o‘rinda qayd etib o‘tish lozimki, aynan o‘zbek milliy operatorlik va rejissyorlik maktabini rivojlantirishda o‘zining ulkan hissasini qo‘shgan Malik Qayumovning ijodi bugungi kunda ham o‘zining dolzarbligini saqlab kelmoqda. “Televizion texnologiyalar” fakultetida “Telestudiya tizimlari va ilovalari” kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan Malik Qayumovning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazmalar va filmlar haftaligi muntazam o‘tkazib kelinmoqda va kafedraning yetakchi o‘qituvchilari A.Abdurahimov, M.Saliyev, B.Bazarbayevlar tomonidan yosh avlodga, shu jumladan, talabalariga taqdim qilinmoqda.

Malik Qayumovning 105 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda sohaga yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash to‘g‘risidagi, rejissyorlik va operatorlik maktabining roli va ahamiyatini oshirishga qaratilgan mavzular atroflicha muhokama etildi.

Taniqli ssennarist va drammaturg J. Isakov, san’at arbobi Z. Musakov va T. Qayumovlar ham so‘zga chiqib, Malik Qayumov ijodi haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berdilar, jumladan, kinooperator B.Bazarbayev Malik Qayumov 97 yoshida ham o‘z ustida ishlaganini, kompyuterda ishlashni va raqamli fotoopparatni ishlatishni o‘rganishga harakat qilganligi va o‘rgatishni so‘raganligini aytib berdi.

Ma’lumki, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti kino va televideniye sohasi uchun malakali kadrlarni tayyorlaydigan tayanch universitet hisoblanadi. Uning qoshida tashkil etilgan “Televizion texnologiyalar” fakulteti tarkibidagi “Telestudiya tizimlari va ilovalari” hamda “Audiovizual texnologiyalar” kafedralari tomonidan “Televizion texnologiyalar” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha soha uchun bakalavrlar tayyorlanmoqda. Kelgusida fakultet bitiruvchilaridan Malik Qayumovdek buyuk ijodkorlar yetishib chiqishiga ishonamiz.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq