USAIDning davlat boshqaruvi bo‘yicha eksperti bilan uchrashuv
14.04.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Bugun “Elektron hukumat” markazida USAID (AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi)ning davlat boshqaruvi bo‘yicha xalqaro eksperti, Vashington universitetining professori, doktor Shon Roberts bilan uchrashuv bo‘ldi.

Janob Sh. Robertsning mamlakatimizda elektron hukumatning taraqqiy topishi va ushbu jarayon haqidagi qiziqtirgan savollariga “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining direktori Sh.Habibullayev javob berar ekan, O‘zbekistonda “elektron hukumat” tizimi jadallik bilan isloh qilinayotganligini hamda buning uchun qonuniy baza mavjudligini, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining birinchi yo‘nalishida bunga alohida e’tibor qaratilganligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, USAID vakillarining O‘zbekistonga tashrifi Agentlikning kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar faoliyatini belgilab olishga qaratilgan bo‘lib, rasmiy uchrashuvlar doirasida tajriba almashish O‘zbekistonda kelajakda sog‘liqni saqlash, iqtisodiy o‘sish, demokratiya va davlat boshqaruvi yo‘nalishlaridagi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq