Haftalik kollegial seminar ilk bora ochiq shaklda bo‘lib o‘tdi
14.04.2017
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasida (Qo‘mita) 2017-yil 13-aprel kuni davlat boshqaruv organlari vakillari uchun navbatdagi “Haftalik kollegial seminar” o‘tkazildi.

Mazkur seminarda davlat boshqaruv organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ni joriy etish va rivojlantirish uchun mas’ul bo‘linmalarining rahbarlaridan tashqari, Qo‘mitaning tizim tashkilotlari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar. Shu haftadan boshlab, seminarlar ochiq ko‘rinishda o‘tkazila boshlandi va unda barcha qiziquvchilar ishtirok etishi mumkin.

Seminarda Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi Kamoliddin Axmedovning Qo‘mitada Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va tatbiq etish strategiyasi mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.

Shuningdek, tadbirda davlat boshqaruvi organlarida AKT joriy qilish va rivojlantirish holati, ochiq ma’lumotlar, “litsenziya” ATK hamda davlat xizmatlari, shakl va blankalar Yagona reyestri yuzasidan “Elektron hukumat” markazining bo‘lim boshlig‘i Nosirov Amirjon tomonidan batafsil taqdimot orqali ma’lumot berildi. Haftalik kollegial seminar kun tartibidagi masalalar yuzasidan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda tashkilotlardan bir qator taklif va tavsiyalar berildi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq