“Ustozlar ta’limi-hayot muallimi” mavzusidagi ilmiy va ma’naviy-marifiy uchrashuv
13.04.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 30 dekabr kuni mamlakatimiz bir guruh ilm-fan namoyondalari, Fanlar akademiyasi a’zolari, yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari bilan uchrashuvida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Axborot xavfsizligi” fakul teti professor-o‘qituvchilari, yosh olimlari va iqtidorli talabalari uchun, O‘zbekiston fanlar akademiyasi akademigi t.f.d. To‘lqin Fayziyevich Bekmuradov ishtirokida “Ustozlar ta’limi-hayot muallimi” mavzusidagi ilmiy va ma’naviy-marifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda akademik T.F.Bekmuradov o‘z faoliyatiga doir ilmiy yo‘nalishlardagi tajribalari bilan o‘rtoqlashib, yosh olimlar va iqtidorli talabalarni ilmiy faoliyatini yuritishlari uchun zarur bo‘lgan maslahatlarni berdi.