O‘zbekiston pochtasi — UPI: pochta operatsiyalari sifatini kengaytirish va takomillashtirish
12.04.2017
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar.
Muallif: .

«O‘zbekiston pochtasi» AJ jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan turli xizmatlar sifatini oshirish uchun optimal yechimlarni topish, pochta ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish borasida uzluksiz ravishda ishlamoqda.

O‘rganishlar shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda dunyo bo‘ylab 100 dan ortiq mamlakatlar pochta operatorlari bu vazifalarni bajarish uchun Umumjahon Pochta Ittifoqi (UPI) tomonidan taqdim etilgan Xalqaro Pochta Tizimi — Internetional Postal System (IPS) — avtomatlashtirilgan tizimini yordamidan foydalanadi.

2017 yil 3 apreldan 7 aprelgacha bo‘lgan davrda UPI Xalqaro byurosi texnik qo‘llab-quvvatlash menejeri janob Kazuo Kamishiro «O‘zbekiston pochtasi» AJ da qabul qilindi. Toshkentga tashrif maqsadi «IPS va uning asosiy vazifalari» mavzuida taqdimot o‘tkazish bo‘ldi. Taqdimot davomida O‘zbekiston pochta sohasi mutaxassislari uchun IPS funksional imkoniyatlari batafsil namoyish etildi.

UPI vakili safar dasturiga muvofiq «O‘zbekiston pochtasi» AK filiallari «Xalqaro pochtamt» va «Toshkent pochtamti» ga tashrif buyurdi hamda kiruvchi va chiquvchi pochta jo‘natmalarini qabul qilinishini monitoring qildi va operatsiyalarga baho berdi. Shuningdek, janob K.Kamishiro Toshkent shahrida bir qator pochta bo‘limlari faoliyati bilan tanishdi va pochta ishlab chiqarish jarayonlari ayrim muammolarini muhokama qildi.

Tashrif yakunida janob Kazuo Kamishiro o‘zbek tomonidan kiritilgan zarur qo‘shimchalarni inobatga olgan holda O‘zbekiston hududida IPS avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish va samarali foydalanish bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq