O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yoshlarning media savodxonligini oshirish bo‘ycha seminar bo‘lib o‘tdi
11.04.2017
Rukn: Yangiliklar, Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

2017 yil 7 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yoshlarning media savodxonligini oshirish, ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilish va ko‘ngilochar saytlardagi axborotlardan to‘g‘ri foydalanish etikasini shakllantirishga qaratilgan “Ijtimoiy tarmoqdan foydalanishda axborot xavfsizligiga rioya qilish qoidalari (davra.uz – ijtimoiy tarmog‘i misolida)” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi ZiyoNET resurs markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan seminarda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent arxitektura qurilish instituti talabalari hamda kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi ZiyoNET resurs markazi mutaxassislari M.Turdialieva, D.Siddiqova va A.Abduqodirovalar so‘zga chiqib, hozirgi kunda axborot xavfsizligi millat xavfsizligini ta’minlashini ta’kidlab, yosh avlodni nosog‘lom axborotlardan himoyalash maqsadida ularda Internet madaniyatini shakllantirishimiz lozimligi haqida alohida to‘xtaldilar. Shuningdek ma’ruzachilar mafkuraviy immunitet, ijtimoiy tarmoq, ommaviy madaniyat tushunchalarini ta’rifladilar, ijtimoiy tarmoqning bosqichlari, ijobiy va salbiy ta’siri, axborot xuruji turlari haqida keng ma’lumot berdilar.

M.Turdialieva ijtimoiy tarmoqdan foydalanish bilan bog‘liq dolzarb muammolar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi tarmoqda o‘zini qanday tutishi lozimligi to‘g‘risida ma’lumot berdi. “Ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish qoidalariga rioya qilish juda muhim. Shaxsiy axborotni, jumladan shaxsiy foto va video faylar joylashtirishda nimalarga e’tibor qaratish, axborotni himoya qilish, boshqa shaxslarga tegishli axborotni tarqatishda nimalarga e’tibor qaratish, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatiladigan axborotlarning ishonchliligini tekshirish lozimligini unutmaslik kerak”, dedi M.Turdialieva va talabalarni davra.uz ijtimoiy tarmog‘ida ishlash tamoillari bilan tanishtirdi. Shuningdek u ijtimoiy tarmoqlarning muammolariga yoshlar e’tiborini qaratib, turli axborotlarga nisbatan ogoh bo‘lishga va ularni to‘g‘ri tahlil qila bilishga chaqirdi. Taqdimotlar ko‘rgazmaliligi, jonli muloqot va qizg‘in savol-javoblarga boy seminar ishtirokchilarga manzur bo‘ldi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq