“Kaspersky Lab” mutaxassisi IUTda kibertahdidlar to‘g‘risida taqdimot o‘tkazdi
11.04.2017
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)da «Laboratoriya Kasperskogo» (Kaspersky Lab) kompaniyasi tomonidan “Markaziy Osiyoda kibertahdidlar landshafti” mavzusida taqdimot o‘tkazildi. Ma’lumki mazkur kompaniya axborot xavfsizligi sohasida ishlaydigan dunyodagi eng yirik xususiy kompaniyalardan biridir.

“Kaspersky Lab”ning Markaziy Osiyo va Mongoliyadagi hududiy ofisi tijorat direktori Valeriy Zubanov IUTning talabalari hamda o‘qituvchi-professorlari tarkibi uchun taqdimot o‘tkazdi.

Tadbir davomida Valeriy Zubanov jahon hamda Markaziy Osiyo hududi, shu jumladan, O‘zbekistondagi eng asosiy kibertahdidlar to‘g‘risida gapirib berdi.

“Kaspersky Lab” ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi asosiy kibertahdidlar bu spamlar, xavfli havolalar va lokal tahdid (fleshka)lardir.

“Kaspersky Lab” vakilining qayd etishicha, yangilanmagan dasturiy ta’minotlar kibertahdidlar uchun o‘ta xavfli hisoblanadi. Uning aytishicha, tahdidlarning oldini olish uchun doimiy tarzda, dasturiy ta’minotlarni yangilab turish lozim.

Valeriy Zubanov eng muhim axborotlarning rezerv nusxasini yaratish juda ham muhim ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Manba: press-reliz

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq