Tashkilotchilar BankExpo-2017 ko‘rgazmasiga taklif etadilar
10.04.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Shu yilning 12-13 aprel kunlari Toshkentdagi “Ko‘rgazma savdo markazi” (Beruniy ko‘chasi, 41)da bank xizmatlari, uskunalari va texnologiyalari milliy ko‘rgazmasi — “BankExpo – 2017” bo‘lib o‘tadi. «O‘zbektelekom» AK Ko‘rgazmaning texnik hamkori va faol ishtirokchisi bo‘lib hisoblanadi.

Ikki kun davom davom etadigan ko‘rgazmada mamlakatimiz tijorat banklari o‘zlarining mijozlarga taqdim etayotgan yangi mahsulotlari taqdimotini o‘tkazadilar. Aholini tadbirkorlikka jalb etish, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash borasida olib borayotgan ishlari, yangi texnologiyalarning yangi imkoniyatlari bilan tanishtiradilar.

Shuningdek, “Elektron tijorat ishtirokchilari huquqlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini amalga oshirish” mavzusida seminar tashkil etiladi.

Milliy ko‘rgazmada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi, Markaziy bank, O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi, O‘zbekiston axborot texnologiyalari korxonalari va tashkilotlari assotsiatsiyasi va boshqa manfaatdor vazirlik hamda idoralar, oliy ta’lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari, Savdo-sanoat palatasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa jamoat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi.

Ko‘rgazma doirasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlashga qaratilgan loyihalar bo‘yicha e’lon qilingan tanlov g‘oliblarini hamda bank mijozlari va ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilarni esdalik sovg‘alari bilan taqdirlash marosimlari bo‘lib o‘tadi.

Mazkur anjumanda faol qatnashgan va mijozlarga xizmat ko‘rsatishda yetakchi o‘ringa ega bo‘lgan kredit tashkilotlari ham munosib ravishda taqdirlanadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq