O‘zbekistonda birinchi GroundZero kovorking ochildi
10.04.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Yangi kovorking ochilishi Toshkent shahridagi “Texnoplaza” industrial biznes-markazida tashkil etildi. yangi loyiha groundzero deb nomlandi, bu o‘zbek tilida hisobning nuqtasi, yangilikning boshlanishi, start, turtki, tramplin ma’nolarini anglatadi. bu nom yangi loyiha missiyasini o‘zida ifoda etadi.

Tashkil etilgan tadbirda yangi loyihaning asosiy maqsad va vazifalari bilan tanishish maqsadida O‘zbekistonda taniqli tadbirkorlar, yurisprudensiya, iqtisod, marketing sohasi ekspertlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari jamlandi.

Ochilish muhokamalar sessiyasi formatida o‘tganligi sababli mehmonlar loyihaning g‘oyasi qanday paydo bo‘lgani va u O‘zbekiston jamoatchiligi uchun nimasi bilan qiziq va foydali bo‘lishi haqida bilib olishdi.

Har biri alohida yo‘nalishdagi mavzusi va qahramonlariga ega hammasi bo‘lib uchta sessiya tashkil etildi.

“GroundZero loyihasining tug‘ilishi. Xatolar va darslar” nomi ostidagi birinchi sessiya ishtirokchilarga arxitektor Ulug‘bek Xolmirodov, «Bezlogo» kreativ agentligi nomidan Denis Aleshenko va «CaryCake» qahvaxonasidan o‘z loyihasi bilan qatnashgan maftunkor Karina Martirosyan kabi iqtidorli mutaxassislarning bo‘lajak loyihalarini amalga oshirishga o‘z hissalarini qanday qo‘shganliklari haqida bilib olish imkonini berdi.

Ikkinchi sessiyada “Tadbirkorlikning ekotizimini yaratish va bu yo‘ldagi chaqiriqlar” kabi masalalar muhokama qilindi. Bugungi kunda nafaqat biznesni rivojlantirish yo‘lidagi muvaffaqiyatlar haqida bilish, shu bilan birga muvaffaqiyatlar yo‘lida to‘siq bo‘ladigan xatolarni qilmaslik ham lozim. Shuning uchun ham Toshkentdagi TCHK asoschilari nomidan Anastasiya Li va Alisher Seytniyazovlarning ikkinchi muhokama mehmonlari bo‘lishi bejiz emas. Va albatta, «Brand.uz» kompaniyasi asoschisi va Startupmixning barcha loyihalari ishqibozi Alisher Yusupov asosiy mehmonga aylandi.

Va nihoyat yakuniy muhokama – «Mablag‘ni qanday sarflash» eng qiziqlaridan biri va dastlabki ikkita muhokamaning mantiqiy davomiga aylandi. Ushbu sessiya doirasida startaplarni investitsiya qilish va sarmoyadorlarni kutish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Ushbu masalalarga qanday qilib to‘g‘ri yondashish mumkin? Sarmoyadorlarni jalb qilish va maqsad qilingan yo‘lni qisqartirish va boshqa ko‘plab masalalar haqida O‘zbekistonda biznesning haqiqiy ustozlari nomidan Anvar Irchayev, Zafar Hoshimov, Akmal Fayziyev, Qodir Norov va Nodira Vohidovalar gapirib berishdi.

Tadbir yakunida barchaga loyihani rivojlantirishda yangi sahifa – «Biznes Laboratoriyasi» (BL) loyihasidan kutilmagan ajoyib sovg‘a taqdim etildi. Endilikda BL GroundZero kovorkingida suratga tushadi va suratlarning yanada innovatsiyali formatiga ega bo‘ladi. Arxitektor Ulug‘bek Xolmurodov yangi formatning birinchi mehmoniga aylandi.

Manba: press-reliz

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq