IUT va «UNICON.UZ» o‘rtasida o‘zaro anglashinuv to‘g‘risida memorandum imzolandi
08.04.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) hamda «UNICON.UZ» ilmiy-texnik va marketing tadqiqotlari markazi o‘rtasida o‘zaro anglashinuv to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Memorandum doirasida tomonlar «UNICON.UZ» ishlab chiqarish jarayonlarida IUT talabalari hamda o‘qituvchi-professorlari tomonidan ilmiy-texnik ishlanmalar va ishlanmalarning test natijalari sohasida, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalaridan hamkorlikda foydalanish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida kelishib oldilar.

IUT va «UNICON.UZ» IUT ning talabalari hamda o‘qituvchi-professorlari tomonidan yozilgan ilmiy maqolalarini «Axborot kommunikatsiyalar: Tarmoqlar – Texnologiyalar – Yechimlar» ilmiy-texnik jurnalida chop etish borasida ham hamkorlik qiladilar. Eslatib o‘tamiz, «UNICON.UZ» mazkur jurnalning ta’sischisi bo‘lib hisoblanadi.

IUT va «UNICON.UZ» davlat tomonidan rejalashtirilayotgan hamda amalga oshirilayotgan loyihalarga IUT talabalari hamda o‘qituvchi-professorlarini ham jalb etish masalasi muhokama qilindi.

Shuningdek, IUT talabalari har yili «UNICON.UZ»da malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Hamkorlikning yana bir afzallik tomoni shundaki, yoshlarning turli fanlar, matematika, texnologiya va injiniringga bo‘lgan qiziqishlarini rag‘batlantirish maqsadida, hamkorlikda, O‘zbekiston yoshlari o‘rtasida tadbirlar, texnik oromgohlar tashkil etish va festivallar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, tomonlar mamlakatda, IT sohaning rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shish maqsadida, IUT talabalari hamda bitiruvchilarining amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash uchun hamkorlikda respublika va xalqaro seminarlar, konferensiyalar, davra suhbatlari va mahorat darslarini tashkillashtirish borasida ham kelishib oldilar.

Manba: press-reliz

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq