Vazirlik AKT sohasiga kadrlar tayyorlash sifatini oshirish yuzasidan hamkorlikka taklif qiladi
05.04.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi kuzatilayotgan bugungi kunda zamonaviy ta’lim tizimi oldida AKT sohasida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish masalasi dolzarb bo‘lib turibdi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlash mamlakat iqtisodiyotining barcha jabhalarida AKTni joriy qilish orqali xizmat va mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirishning kafolatidir.


Shu munosabat bilan, mazkur masalaga befarq bo‘lmagan barchani oliy ta’lim tizimi, jumladan Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, shuningdek o‘rta maxsus hamda xalq ta’limi tizimlarida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish yuzasidan o‘zlarining taklif va fikr-mulohazalarini bildirishga chorlaymiz.

Buning uchun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Sizdan AKT sohasida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, jumladan ta’lim tizimidagi bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha mavjud muammolar va ularni bartaraf qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni (aniq muammo va yechimlarining ko‘rsatilishi maqsadga muvofiq) maxsus so‘rovnomada bildirishingizni so‘raydi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq