Osiyo Taraqqiyoti banki (OTB) vakillari bilan uchrashuv
04.04.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2017 yilning 3 aprel kuni «Elektron hukumat» markazida Osiyo Taraqqiyoti banki (OTB) doimiy vakolatxonasining bosh iqtisodchisi janob Asadulla Xan Sumbal ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chogʻida O‘zbekiston hamda Osiyo Taraqqiyoti bankining jamoatchilik bilan ishlash aloqalari (PR) sohasiga doir hamkorligini yanada rivojlantirish borasidagi takliflari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar «Elektron hukumat» tizimini qurish borasida jamoatchilik bilan ishlash jarayonida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yana faollashtirishga qaratilgan muayyan choralarni ko‘rishga tayyorligini tasdiqladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq