IUT mahalliy professorlarni tayyorlash bo‘yicha dasturni amalga oshira boshladi
03.04.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) mahalliy professorlarni tayyorlash bo‘yicha dasturni amalga oshira boshladi. Universitetning dastlabki o‘qituvchisi o‘z ko‘nikma va malakalarini oshirish uchun Koreya Respublikasiga yuborildi.

Eslatib o‘tamiz, 2015-yilning noyabr oyida IUT hamda Koreya Respublikasidagi Inha universiteti o‘rtasida mahalliy professorlarni tayyorlash bo‘yicha memorandumni imzolashdi. Mazkur hujjat o‘zbekistonlik mutaxassislarni dunyoning yetakchi oliy o‘quv ta’lim muassasalarida ta’lim olishlarini tashkillashtirishga yo‘naltirilgan.

Professor yordamchisi Husanbek G‘ofurov Koreya Respublikasidagi nufuzli Songyungvan (Sungkyunkwan University) universitetida mahalliy professorlarni tayyorlash dasturi bo‘yicha o‘z o‘qishini boshladi.

Husanbek G‘ofurov Songyungvan universitetida ikki yil tahsil oladi. O‘zbekistonga qaytib kelgandan so‘ng, IUT qoshida IT sohasi uchun kadrlarni tayyorlash ishiga o‘z hissasini qo‘shishi mumkin.

Toshkent shahridagi Inha Universiteti Rektori Sarvar Babaxodjayev qayd etdi: “O‘z faoliyatining dastlabki yillaridan boshlab IUT ma’muriyati ta’lim jarayoniga mahalliy o‘qituvchilarni jalb etishga katta e’tibor qaratmoqda. Hozir universitetda xorijiy mutaxassislar bilan birgalikda, xorijdagi nufuzli universitetlarda ta’lim olib, tajriba to‘plagan bir qancha o‘zbekistonlik professorlar ham faoliyat ko‘rsatmoqdalar”.

“Mahalliy professorlarni tayyorlash dasturi doirasida biz har yili yosh mutaxassislarni xorijiy universitetlarda malaka oshirib, doktorlik darajasini olishlari uchun yuborishni rejalashtirmoqdamiz. Biz AKT mutaxassislarini tayyorlash bilan bir qatorda mahalliy professorlarni tayyorlashga ham etarlicha e’tibor qaratish zarur deb hisoblaymiz”, — dedi IUT rektori.

O‘z navbatida, Husanbek G‘ofurov, qayd etdi: “Men Songyungvan universitetida ikki yil tahsil olish imkoniyatini yaratgani uchun Toshkent shahridagi Inha universiteti ma’muriyatiga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Bugungi kunda O‘zbekiston rahbariyati fanning rivojlanishiga katta e’tibor qaratmoqda. Tahsil olib bo‘lganimdan so‘ng men ham mazkur jarayonga o‘z hissamni qo‘shaman degan umiddaman”.

Manba: press-reliz

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq